Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet103/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

“Kungaboqar”.


Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Oʻqituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar. Bu uslubdan oʻtilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.

«Insert» metodi


Sinf oʻquvchilari guruhlarga boʻlinadilar, guruhlar nomlanadi. Oʻqituvchi yangi mavzuni eʼlon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini soʻraydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha aʼzolari faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, oʻqituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni oʻquvchilarga tarqatadi. Soʻngra shunday topshiriq beriladi.
Topshiriq.

  1. Matn bilan tanishib chiqing;

  2. Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qoʻyib chiqing:

Z - matnda guruhlar tmonidan bildirilgan fikr oʻz aksini topgan boʻlsa; S
- matnda guruhlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan boʻlsa; D -
matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud boʻlsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
Soʻngra guruh aʼzolari shaxsiy qarashlarini oʻzaro oʻrtoqlashadilar, guruh boʻyicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. Oʻqituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
Oʻqituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni oʻquvchilar toʻgʻri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan soʻng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling