Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Mavzu: Karbonatli va sulfatli materiallar
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Mavzu: Karbonatli va sulfatli materiallar.Reja: Umumiy ma’lumotlar. Karbonatli va sulfatli materiallar. Alyuminosilikat materiallar. M.T. Energiya samarador keramik qurilish materiallari. Gips. Ko‘pgina mamlakatlarda gips - kalsiy sulfat kristallogidrati CaSO42H2O ning yirik konlari mavjuddir. Tabiatda kalsiy sulfat suvsiz tuz - angidrit CaSO4 tarzida ham uchraydi, shuningdek fosfat kislota, fosforli va kompleks o‘g‘itlar sanoatining chiqindisi - fosfogips holatida ham hosil bo‘ladi. Sulfat kislota olish uchun gipsning (angidrit yoki fosfogipsning) ko‘mir va tuproq bilan aralashmasi kuydiriladi. Bunda kalsiy sulfatning qaytarilishi natijasida sulfit angidrid hosil bo‘ladi. Qolgan kuyundi maydalangandan so‘ng sement hisoblanadi. O‘zbekistonda gipsdan sulfat kislota ishlab chiqarilmaydi, chunki bizda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun gipsga nisbatan ancha arzon bo‘lgan boshqa xom ashyolar yetarlicha mavjuddir. Chiqindi kislotalar. Neft mahsulotlarini tozalashda, organik moddalarni sulfolashda, suv tortib oluvchi modda sifatida va boshqa bir qancha maqsadlarda keng qo‘llaniladigan sulfat kislota ishlatib bo‘lingandan so‘ng tarkibida ko‘p miqdordagi H2SO4 bo‘lgan chiqindi sifatida korxonalardan chiqariladi. Bunday chiqindilar miqdori yildan- yilga ko‘payib bormoqda. Ularni tozalash inshootlarida ishqorlar bilan neytrallab oqavalarga qo‘shib yuboriladi va bu ham iqtisodiy, ham ekologik zararlar keltiradi. Ko‘p hollarda chiqindi kislotalardan sulfat kislotasini ajratib olish maqbul hisoblanadi. AQSH da yiliga 0,8 mln t sulfat kislota (ikkilamchi kislota) chiqindi kislotalardan ajratib olinadi. Chiqindi kislotalarni qayta ishlash usuli uning tarkibiga bog‘liqdir. Bu kislotalardan foydalanishning iqtisodiy jihatdan eng maqbul yo‘li, bu uning tarkibidagi qo‘shimchalar ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan sanoatlardir, masalan, mineral o‘g‘itlar sanoati, metallarni tozadash va boshqalar. Chiqindi kislotalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydigan sharoitlarda ular tarkibidagi qo‘shimchalar tozalanadi yoki kislotani termik parchalash yo‘li bilan sulfit angidrid olinadi va undan sulfat kislota ishlab chiqarishda foydalaniladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling