Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Nano
Yuvindi eritmalari. Metallar sirtini tozalashda kislota eritmalaridan foydalaniladi va bunda hosil bo‘ladigan chiqindi eritmalar yuvindi eritmalari deyiladi. Yuvindi eritmalari tarkibida 2-4% erkin H2SO4 va 25% gacha FeSO4 bo‘ladi. Yuvindi eritmalaridan temir sulfatning asosiy qismi FeSO4 7H2O tarzida ajratib olinadi va qoldiq eritma yuvish vannalariga qaytariladi. Yuvindi eritmalarni regeneratsiyalashdan ajratilgan temir kuporosi mahsulot sifatida chiqariladi.
Ayrim qurilmalarda yuvindi eritmalardan oldindan temir kuporosini ajratib olmasdan sulfat kislotasi olinadi. Bunday hollarda yuvindi eritmalaridagi sulfat kislotasi ortiqcha miqdordagi kuyundi bilan neytrallanadi va bu aralashma pechlarda ko‘mir bilan qaytariladi. Hosil qilingan sulfit angidrid sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 1-rasm. Nano karbonatli mis lenta mis termal o'tkazuvchanlik lentasi nanotexnologiya mahsuloti. Alunitlar. Sulfat kislota ishlab chiqarishning kelajakdagi xom ashyolaridan biri alunitlar hisoblanadi. Toza alunit mineralining kimyoviy tarkibi quyidagi formula bilan ifodananadi: K2SO4 Al2(SO4)3 2Al2O3 • 6H2O Alunit rudasidagi bu mineralning miqdori 50% ga yetadi. Ruda tarkibida, shuningdek, kremnezem, temir va titan oksidlari va 0,2% gacha P2O5 bo‘ladi. Alunit 500OC haroratgacha qizdirilganda tarkibidagi barcha kristallizatsiya suvini yo‘qotadi, 600OC dan yuqorida esa mineral SO3 ajratish bilan parchalana boshlaydi. Alunitning gaz holatdagi qaytaruvchilar bilan ta’sirlashishi natijasida quyidagi mahsulotlar hosil bo‘lishiga olib keladi: K2SO4-Al2(SO4)3-2A2Qr6H2O + 0,5C2H4 = 3SO2 + 3AbO3 + K2SO4 + + H2O + CO2 Ajraladigan gaz tarkibidagi SO2 miqdori hajm bo‘yicha 75% ni (quruq gaz hisobida) tashkil qiladi. Gaz havo bilan suyultiriladi va kontaktli usulda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Glinozem (Al2O3) alyuminiy ishlab chiqarishga yuboriladi, kaliy sulfatdan esa o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Umumiy ma’lumotlar. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling