Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet70/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Ohak ishlab chiqarish. Havoyi ohak homashyosi asosini kalsiy karbonat (SaSO3) tashkil etadi, Shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, kvars, giltuproq va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 90012000 S haroratda kuydirilib, imkoni boricha SO2 gazi chiqarib yuboriladi:
CaSO3=CaO*SO2
Homashyo tarkibidagi magniy karbonat (MgSO3) kuydirish jarayonida parchalanadi.
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 44% karbonat angidridi (SO2) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (CaO*MgO) miqdori yuqori bo‘lsa, ohak qorishmalari Shunchalik mayin (plastik) va sifatli bo‘ladi.
1-rasm. Shaxtali xumdon.

  1. shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi; 5-sovitish zonasi; 6-havo beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib oluvchi mexanizm.

Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning meyordan ortiq bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. Chala kuygan ohak bo‘laklar deyarli bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida gidratlanadi va hajmi kengayadi. Buning natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi mahsulotlarda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni kuydirish uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir yoqilganda ohakka kul aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan ishlaydigan xumdonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.
Ohaktoshni kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim mahsulot hosil bo‘ladi. Yarim mahsulotni is’temolchiga moslashtirish uchun maydalanadi yoki so‘ndiriladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling