Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy Yog‘och turlarining fizik-mexanik xossalari
- Mavzu: Polimer materiallar va buyumlar Reja
- Umumiy ma’lumotlar
Tekstura-Yog‘ochning yillik xalqalari, nurlari, Yog‘ochligidan iborat tabiiy chizgilardir. Dub, buk, yasen, chinor, nok, yong‘oq daraxtlari teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik Yog‘ochlar-ebek qora, bakut qo‘ng‘ir rang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega bo‘ladi. Zich Yog‘ochlar qayta ishlaganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu xususiyatni kamaytiradi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik Yog‘ochning turiga, zichligiga, namligiga, bog‘liq bo‘ladi. Quruq holatdagi qarag‘ayning issiqlik o‘tkazuvchanligi tolalari bo‘ylab 0,34 Vt/(m0C), tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda 0,17 Vt/(m0C), ga teng bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik Yog‘ochning namligiga bog‘liq. Quruq holatdagi qarag‘ayning elektr qarshiligi 75x107 Om.sm. Xo‘llanganda bu kattalik o‘nlab marta kamayib ketadi. Shu sababli elektr tizimida ishlatiladigan Yog‘och quruq xolatda bo‘lishi shart. Yog‘ochning tolasimon strukturasi uning xossalarini ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishiga olib keladi. Yog‘ochning tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan 4-6 marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning mexanik xossalari uning turiga, namligiga va nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari bo‘ylab, siqilishga esa tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi. 1-jadval
Yog‘ochning namligi uning mustahkamligini kamaytiradi. Yog‘ochda uchraydigan ko‘zlar, qiyshiq qatlam, buralish, chirish kabi nuqsonlar uning mexanik hossalarini yomonlashtiradi. Yog‘ochning agressiv muxitlarga chidamliligi uning turiga bog‘liq. Igna bargli daraxtlar Yog‘ochlari bargli daraxtlar Yog‘ochlariga nisbatan agressiv muxitlarga chidamli bo‘ladi. Yog‘ochning agressiv muxitlarda buzilish tezligi muxitning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda Yog‘och materiallar uzoq muddat xizmat qiladi. Yog‘och anizotrop material bo‘lganligi sababli mustahkamligi normativ xujjatlarda me’yorlashtirilayotganda katta zaxira koeffitsienti beriladi. Mavzu: Polimer materiallar va buyumlar Reja:Umumiy ma’lumotlar. Plastmassalarning tarkibi va xossalari Polimer bog‘lovchi moddalar Polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi asoslari. Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari. M.T. Material tarkibini mineral va polimer moddalar bilan modifikatsiyalash usullari. Umumiy ma’lumotlarPlastmassa yuqori molekulali birikma –polimer bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich va boshqa tashkil etuvchilardan iborat, qotgach plastikligini to‘la yoki qisman yo‘qotadigan kompozitsion materialdir. Yuqori molekulali moddalar bir necha minglab, hatto yuz minglab atomlardan iborat bo‘lib, ko‘p marta takrorlanadigan muayyan strukturalardan tuzilgan. Bitta makromolekuladagi struktura birligi soni polimerning polimerlanish darajasi deyiladi. Kam molekulali birikmalar molekulyar massasi 500 kam bo‘ladi. Kelib chiqishiga nisbatan polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) turlarga bo‘linadi. Tabiiy yuqori molekulali birikmalarga tabiiy kauchuklar, sellyuloza, ipak, oqsillar, nuklein kislotalar, jun va boshqalar kiradi. Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan aralashtirilib, qizdirish (sintez) usulida (XIX asrda) rezina olindi. 1972 yilda nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab selluloid, ya’ni plastmassaning sellyuloza asosidagi birinchi turi tayyorlandi. Shu davrda oqsillar (kazein) asosida sintez qilib galalit plastmassasi olindi. XX asr boshida organik xom ashyolarni sintez qilish natijasida yuqori molekulali moddalar-polimerlar olindi. Keyinchalik karbamidformaldegid, fenol-formaldegid, poliefir va Shu kabi polimerlar sintez qilindi. O‘ttizinchi yillardan boshlab polimerlanish jarayonining ko‘p jixatlari ochildi va polivinilatsetat, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat va boshqa polimerlar sintez qilindi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling