Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Mavzu: Yog‘och qurilish materiallari va buyumlari Reja


Download 3.37 Mb.
bet85/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Mavzu: Yog‘och qurilish materiallari va buyumlari Reja:


  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Yog‘ochning tuzilishi.

  3. Yog‘ochning asosiy xossalari.

  4. M.T. Yog‘och qurilish materiallari va ularning turlari.



Umumiy ma’lumotlar


Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, er sharida notekis tarqalgan. O‘rmon qayta tiklangani uchun Yog‘och bitmas-tuganmas qurilish materiallari va buyumlari zaxirasidir.
Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Yog‘och yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyasiyalovchi, suv va organik erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. Yog‘och oson qayta ishlanadi, elimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformatsiyalanishi, yonuvchanligi, chirishi kabilar Yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda Yog‘och xari, taxta, shpal, brus, xollarida ishlatiladi. Yog‘ochni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan payraxa va qipiqdan fibrolit, arbolit, Yog‘och tolali va Yog‘och payraxali plitalar tayyorlash mumkin.
Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va bargli turlarga bo‘linadi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Bargli daraxtlarga eman, oq qayin, qora qayin, Shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi.
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, ship, muqarnas, karniz, eshik, rom kabi buyumlarni olishda ishlatiladi. Chinor, yong‘oq va nok daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.

Yog‘ochning tuzilishi


Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo‘lib, ularning ko‘lami daraxtning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Daraxtning tana qismi 60-90% tashkil etib, sanoatda qayta ishlash ahamiyatiga egadir. Yog‘ochning makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordamida, mikrostrukturasini esa, faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling