Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet89/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Plastifikatorlar polimer tarkibiga elastiklikni oshirish va mo‘rtlikni kamaytirish maqsadida kiritiladi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftolat, kamfora, olein kislotasi, polivinilatsetat, SGS-65 GP lateksi va boshqalar tavsiya qilinadi.
Qotirgichlar (katalizatorlar) plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar qotish jarayonini tezlashtiradi va yuqori mustahkamlikdagi mahsulotlar
olishni ta’minlaydi. Qotirgichlar sifatida kislotalar va ishqorlar, orgono-mineral komplekslar va sh.k. ishlatiladi.
Qotirgichlar (katalizatorlar) polimerlar qotishi jarayonida reaksiyaga kirishib yangi modda hosil qilmasdan faqat jarayonni tezlashtirish xossasiga egadir. Ular qo‘llanilishi tufayli polimerlanish jarayonlari atmosfera bosimi va xona harorati sharoitida qisqa muddat ichida yuz beradi va mahsulot tannarxini keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
Stabilizatorlar plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallarning vaqt bo‘yicha eskirishini oldini oladi. Ular plastmassalarni quyosh nuri, havodagi kislorod va boshqa gazlar, issiqlik va sh.k. muhitlar ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bo‘yoqlar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Bo‘yoqlar sifatida organik moddalar (nigrozin, xriozoidin) va mineral pigmentlar (oxra, mo‘miyo, ultramarin, belila, umbra va boshq.) ishlatiladi.



1-rasm. Kukun shaklidagi bo‘yoqlar.
Poroforlar (g‘ovak hosil qiluvchi) plastmassa tarkibida polimerlarni (ko‘paytirish) usulida engil materiallar olish uchun xizmat qiladi.
Plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar tarkibi uchun komponentlarni to‘g‘ri tanlash va ular orasidagi mutanosiblikni saqlash ular asosida tayyorlanadigan buyum va konstruksiyalar xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichi yuqori, ya’ni xususiy massasi kam, mustahkamligi esa yuqori material hisoblanadi. Ular alyuminiydan 2 marta, po‘latdan 5-6 marta engil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 g/sm3, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kg/m3 gacha o‘zgaradi.
Plastmassalar mustahkamligi keng chegaralarda o‘zgaradi. Kukun va tolasimon to‘ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120160 MPa, yog‘och shponli plastiklarniki 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) esa
420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi odatda 0,1-10 MPa atrofida bo‘ladi.
Tolasimon va qatlamli to‘ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori bo‘ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog‘och shponli plastmassalarniki 350 MPa.
Plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ta engil plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03 Vt/(m.0S).
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Yuqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar edirilishda va zarbga bardoshlidir.
Plastmassalar tarkibiga bo‘yoqlar qo‘shilib turli rangli mahsulotlar olish mumkin.




Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling