Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Sinash usullari va vositalari
Bino, inshoot va tuzilmalarni sinashdan asosiy maqsad ularning yuk ko’tarish qobiliyati, bikrligi va yoriqbardoshligini aniqlashdir. Sinov real tuzilmalarda, maket yoki modellarda ham o’tkazilishi mumkin. Sinov inshootlari va ularni yuklash usullari sinov oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq tanlanadi. Real obhektlarni sinashda ekspluatatsiya qilinayotgan konstruktsiyalarning haqiqiy ishchi holatini aniqlash vazifasi belgilanishi mumkin. Bunda buzmasdan sinash usullari keng qo’llaniladi. Tajriba uchun tanlangan tuzilmalarni buzmasdan sinash usullari bilan bir qatorda buzib sinash ham o’tkaziladi. Bunda sinov inshoot tuzilmasi yuk ko’tarish qobiliyatini yo’qotguncha davom ettiriladi. Maket - sinov obhektining soddalashtirilgan holatini aks ettiradi. Maket va model ko’rinishidagi sinov obhektlari ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladi. Model - sinov obhekti yoki uning bir qismini ma’lum bir masshtabda aks ettiradi. O’xshashlik nazariyasini qo’llagan holda modellar bilan haqiqiy inshoot parametrlari o’rtasida sonli bog’lanish o’rnatish lozim bo’ladi. Real bino, inshoot va tuzilmalarning tekshiruvi bilan bog’liq bo’lgan sinovlar naturaviy obhektlarda o’tkaziladi. Sinov usulini aniq tamoyillarga asoslangan sinov qoidalari majmui belgilaydi. Bu qoidalar bo’yicha tashqi ta’sirni hosil qilish, o’lchov uskunalarini tanlash, natijalarni qayta ishlash uslublari ishlab chiqiladi. Sinovlarni o’tkazish katta moddiy harajatlar bilan bog’liq bo’lgani hamda sinov jarayonida qimmatbaho dastgoh va uskunalar ishlatilishi sababli, sinovni o’tkazishga puxta tayyorgarlik ko’rish lozim. Tajriba uchun tanlangan obhektlar sinov poligonlaridagi sinov stendlarida, real ekspluatatsiya sharoitiga yaqin sharoitlarda o’tkaziladi. Sinov obhektini belgilangan holda o’rnatish, yuklama hosil qilish, asboblardan sanoq olish va sinov jarayonini boshqarish uchun maxsus sinov stendlaridan foydalaniladi. Maket va modelda sinash ilmiy-tadqiqot institutlarining laboratoriyalarida, standart sinov uskunalarida o’tkaziladi. Sinov o’tkazish oldidan texnik topshiriq (ishchi dastur) tuziladi va bunda sinovning maqsadi, sinov qurilmasi bilan ishlash xavfsizligi qoidalari hamda zaruriy texnik hujjatlar keltiriladi. Asosiy e’tiborni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga qaratish lozim. So’ngra sinov obhektini sinovga tayyorlash bosqichi, yahni yuklash tuzilmalari va o’lchov uskunalari o’rnatish amalga oshiriladi. Agar sinovdan so’ng sinov obhekti ekspluatatsiyaga topshiriladigan bo’lsa, sinovni shunday tashkil qilish kerakki, sinovdan so’ng ham obhekt ishga yaroqli holatda bo’lishi lozim. Bunday vaziyatda sinov yuklamasining miqdori belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. Agar sinov inshootni buzishgacha olib boriladigan bo’lsa, yuklamaning yuqori chegarasi belgilanmaydi. Lekin buzuvchi kuch miqdorini aniqlash, inshootga sinov yuklamasini beruvchi tuzilmalar va o’lchov asboblarini tanlash uchun oldindan hisoblar o’tkaziladi. Inshootlarga sinov yuklamasi dinamik va statik usullarda berilishi mumkin. Konstruktsiyada joylashish shakliga ko’ra yuklamalar keltirilgan, chiziqli va yuza bo’yicha taqsimlangan turlarga bo’linadi. Amalda har qanday yuklanish jarayoni qandaydir vaqt oralig’ida amalga oshadi. SHuning uchun haqiqiy statik yuklanish mavjud emas. Yuklamani vaqt bo’yicha qo’yilish tavsifini baholash uchun yuklamaning eng katta qiymatiga yetish vaqti bilan qaralayotgan obhektning xususiy tebranish davrini solishtirish lozim. Agar yuklamaning miqdori chiziqli o’zgarsa va o’zining eng katta qiymatiga qandaydir vaqt oralig’ida erishsa va u inshootning xususiy tebranish davri T bilan /T>10 munosabatda bo’lsa, yuklanish jarayonida kuch inertsiyasining ta’siri yetarli darajada kichik hisoblanadi. Dinamik koeffitsient Kd ning qiymati 1,03 dan oshib ketmaydi, yahni Kd=Ud/Us 1,03 bu yerda: Us - konstruktsiyaning statik yuklamadan hosil bo’lgan salqiligi; Ud - konstruktsiyaning dinamik yuklamadan (yuklanish tezligini hisobga olgandagi) salqiligi. Bunday vaziyatda konstruktsiya statik usulda yuklangan deb hisoblanishi mumkin. Dinamik yuklamalarning turlari juda xilma-xildir. Ular o’zgaruvchan amplitudali va o’zgarmas amplitudali bo’lishi mumkin. O’zgarmas amplitudali dinamik yuklamalarning qiymati vaqt bo’yicha muayyan qonun asosida o’zgaradi. Bunday yuklamalar muvozanatlashmagan massali mexanizmlar, generatorlar, elektr motorlar va shamollatgichlar ishi natijasida hosil bo’ladi. O’zgaruvchan amplitudali dinamik yuklamalarning o’zgarish tavsifi sinov o’tkazgunga qadar nomahlum bo’ladi. Dinamik yuklamalar harakatlanuvchi va qo’zg’almas bo’ladi. Statsionar o’rnatilgan uskunalar ta’siridan hosil bo’lgani qo’zg’almas hamda odamlar, elektrokaralar, kranlar harakatidan hosil bo’lgani esa harakatlanuvchi yuklamalar hisoblanadi. Dinamik yuklamalar o’z qiymatining vaqt bo’yicha o’zgarishiga qarab, davriy va nodavriy, garmonik hamda va impulpsli turlarga bo’linadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling