Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yo’llari
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yo’llari
Laboratoriya sharoitida namunalarni sinash uchun standart sinov uskuna (press) lar va sinov mashinalari qo’llaniladi. Sinov yuklamalarini hosil qilish uchun donador yuklar, sochiluvchi materiallar, suv bilan to’ldirilgan idishlar, pnevmatik yostiqlar, gidravlik va vintli domkratlar ham qo’llaniladi. Donador yuklar sifatida metall quymalar, toshlar, beton va temirbeton bloklar qo’llaniladi, Ular sinov oldidan tortiladi va tamg’alanadi. Sinov jarayonida tashqi ta’sirlarga qo’yiladigan asosiy talab - ularning sinov standarti yoki sinov dasturi talablariga muvofiq bo’lishi, vaqt bo’yicha o’zgarmasligi hamda ularning miqdorini nazorat qilish oson va sodda bo’lishidir. Konstruktsiya va inshootlarga ta’sir etayotgan real tashqi yuklarni sinov jarayonida hosil qilib bo’lmaydi yoki bu katta mehnat talab qiladi. SHu sababli inshoot yuzalariga yoki tugunlariga tushayotgan real yuklar sinov jarayonida keltirilgan yuklar bilan almashtiriladi. Sinov modeliga qo’yilgan keltirilgan yuklarning ta’siri real konstruktsiyaga qo’yilgan yuklar ta’siriga qanchalik muvofiq kelsa yoki ishonchli modellashtirsa, keltirilgan yuklar shunchalik samarali tanlangan bo’ladi. Konstruktsiyalarni sinashda keltirilgan yuklamani hosil qilish uchun laboratoriya sharoitida va sinov poligonlarda domkratlardan foydalaniladi. Ular yordamida zarur yo’nalishlarda va miqdorda yuklamani hosil qilishning qulayligi hamda o’zining ixchamligi bilan e’tiborlidir. Sinov amaliyotida elektr yuritmali va qo’l bilan harakatlantiriladigan gidravlik domkratlar keng qo’llaniladi. Domkratlar yordamida 1000 kN gacha yuklama hosil qilish mumkin. Ularning porsheni 100315 mm oraliqda harakatlana oladi. Beton va temirbeton ilmiy tekshirish instituti (Moskva) da domkratlar yordamida 40000 kN gacha yuklama bera oladigan sinov mashinasi yaratilgan. Sinovdan oldin har bir manometr 0,2 aniqlik sinfidagi namunaviy manometr bilan solishtiriladi. Har bir domkrat, so’rg’ich tizimi va gidrotizim birgalikda etalon dinamometrlarda majburiy tekshirishdan o’tkazilishi lozim. Konstruktsiyalar sinovida statsionar yoki vaqtinchalik stendlardan foydalaniladi. Eng sodda holda stend sinalayotgan tuzilma o’rnatiladigan tayanch va yuklash tuzilmalaridan tashkil topadi. Vaqtinchalik yig’ma stendlar metall fermalardan iborat bo’lib, konstruktsiya bilan yuklash uskunalari shunday o’rnatiladiki, natijada ular yig’ma ferma tayanayotgan asosga yuk bermaydi. Statsionar stendlar, odatda mustahkam temir beton poydevorga joylashgan monolit temir beton yoki metal tuzilmalardan tashkil topadi. Stend o’lchov uskunalarini mahkamlovchi vositalar bilan jihozlanadi Albatta ideal bir nuqtaga keltirilgan to’plangan yuklamani hosil qilish mumkin emas, shuning uchun to’sin uzunligining 1/20 qismiga teng masofalarda taqsimlangan yuklamalar hosil qilinadi, bunda manometr ko’rsatgichlaridagi farq 3% dan, salqilik xatoligi esa 5% dan oshib ketmaydi. Temirbeton to’sinni sinash uchun stend: 1 – sinalayotgan temirbeton to’sin; 2 – sinov stendi; 3 – domkratning tayanch traversasi; 4 – gidravlik domkrat; 5 – yuklamani taqsimlovchi bo’ylama traversa Yuklashda sinov obhekti ustivorligini tahminlovchi tadbirlarni ko’zda tutish lozim. Taqsimlangan yuklamalarni hosil qilishning juda ko’p usullari mavjud. Donador yuklar bilan yuklama hosil qilish usuli o’zining universalligi bilan ajralib turadi.
Tekis taqsimlangan yuklamalarni donador yuklar yordamida hosil qilish: a – g’isht yoki beton bloklar yordamida; b – cho’yan toshlar yordamida; 1 – donador yuklar; 2 – sinalayotgan konstruktsiya; 3 – muhofaza ustunchalari Donador yuklar bilan yuklama hosil qilinganda (13.2-rasm), har bir yuk ustunchasining eni sinalayotgan tuzilma uzunligining 1/6 qismidan oshmasligi, oraliq masofalar esa 50 mm dan kam bo’lmasligi lozim. SHunda konstruktsiya egilganda, ustunchalarning yuqori qismlari bir-biriga tegib qolmaydi. Suv yordamida yuklama hosil qilish: 1 – to’siq; 2 – suv; 3 – himoyalovchi brezent; 4 – suv o’tkazmaydigan material; 5 – sinalayotgan konstruktsiya Gorizontal yuzali konstruktsiyalarni yuklashda suvdan foydalanish mumkin (13.3-rasm). Buning uchun to’siqlar 1 hosil qilinib, konstruktsiya yuzasiga himoyalovchi brezent 3 yotqiziladi, so’ngra hosil bo’lgan idishga suv o’tkazmaydigan material 4 yotqiziladi. Bu usulning bir qator afzalliklari mavjud: yuklama miqdorini suv balandligini o’lchash asosida aniqlash mumkinligi; yuklash va yukni olish (yuksizlantirish) jarayonlarining bir tekisligi; yuklash va yuksizlantirishni ixtiyoriy rejimda amalga oshirilishi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling