Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Qurilish tuzilmalarini buzmasdan sinash uslublari va vositalari
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Qurilish tuzilmalarini buzmasdan sinash uslublari va vositalari
Qurilish tuzilmalarini sinashdan maqsad ularning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligi va darzbardoshligi kabi muhim xossalarini o’rganish va baholashdir. Bino, inshoot va konstruktsiyaning mustahkamligini uni buzilishga olib keluvchi yuklamaning miqdori belgilaydi. Inshootning statik va dinamik ustivorligi uni muvozanat holatidan chiqaruvchi chegaraviy statik yoki dinamik yuklamaning miqdori bilan aniqlanadi. Bikrlik esa ekspluatatsion yuklama ostidagi inshootning salqilik qiymati orqali baholanadi. Tuzilmaning darzbardoshligi unda darz hosil qiluvchi chegaraviy yuklama miqdori bilan aniqlanadi. Mustahkamlik, ustivorlik, bikrlik va darzbardoshlikni tekshirish uchun namuna - konstruktsiya olinib, sinov amaldagi davlat standartlari asosida konstruktsiyani buzishgacha olib boriladi. Lekin temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligini buzmasdan sinash usullari yordamida ham aniqlash mumkin. Buzmasdan sinov o’tkazish usullarining asosiy tamoyillari quyidagicha. Temirbeton konstruktsiyalarining mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligi konstruktsiyadagi beton va armaturaning mustahkamligiga, ko’ndalang kesimi yuzasiga, armaturaning joylashish o’rniga, zo’riqish kuchiga (oldindan zo’riqtirilgan elementlarda), armatura bilan betonning o’zaro tishlashish mustahkamligi va boshqalarga bevosita bog’liq. Sinov natijasida mazkur xossalarning miqdorlari loyiha bo’yicha belgilangan qiymatlar chegarasida bo’lsa, inshootning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligi yoki darzbardoshligi tahminlangan hisoblanadi. SHunday qilib, temirbeton konstruktsiyalarini buzmasdan sinov o’tkazish orqali nazorat qilish deganda quyidagilar tushuniladi: konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonida va qabul qilishda belgilangan loyihaviy mustahkamlik, bikrlik va darzbardoshlikni kafolatlovchi tezkor sinov tadbirlari majmui; tuzilmani buzmasdan sinab, alohida jarayon yoki ko’rsatgichlarni nazorat qilish. Beton va temirbeton tuzilmalarini buzmasdan sinash usullari quyidagi tartibiy qismlarga bo’linadi: beton mustahkamligini nazorat qilish usullari; temirbeton konstruktsiyalarda armaturaning joylashishini nazorat qilish; beton konstruktsiya ichidagi yaxshi zichlanmagan qismlarni, g’ovaklarni aniqlash usullari (defektoskopiya usuli); beton zichligini nazorat qilish usullar; beton va to’ldiruvchilar namligini nazorat qilish usullari; armaturaning tortilishini nazorat qilish usullari. Buzmasdan sinash usullarini ularning fizik mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin: mexanik, shu jumladan beton yuzasi xususiyatlarini o’lchashga va beton yuzasini mahalliy buzilishga asoslangan usullar; ulptratovush usullari; magnit usullari. Buzmasdan sinash usullari beton mustahkamligi va zichligini aniqlash, beton mustahkamligini vaqt bo’yicha nazorat qilish, konstruktsiya ichki nuqsonlarini aniqlash, armaturaning joylashishi, beton va to’ldiruvchilar namligini aniqlash, payvand choklari sifatini va armaturaning tortilishini nazorat qilishda samarali qo’llaniladi. Umuman aytganda, buzmasdan sinov o’tkazish usullari temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi, bikrligi va darzbardoshligini tezkor baholash uchun xizmat qiladi. Beton mustahkamligini nazorat qilishning buzmasdan sinash usullari uni beton namunalar (kublar yoki prizmalar) ni yuklama ostida sinab aniqlash mumkin bo’lmagan hollarda ishlatiladi. Bunday usullar yordamida yig’ma va yaxlit yig’ma konstruktsiyalarni, yirik panelli binolar choklariga to’ldirilgan beton mustahkamligini hamda yaxlit temirbeton tuzilmalaridan qolipni bo’shatish oldidan yoki ekspluatatsiyaga barvaqt topshirilishi lozim bo’lgan konstruktsiyalarning mustahkamligini aniqlash mumkin. Beton mustahkamligini buzmasdan sinash usullari amalda foydalanilayotgan binolarning temirbeton tuzilmalari texnik tekshiruvdan o’tkazilganda, shu jumladan ularni qayta tiklash va tahmirlash ishlari bilan bog’liq tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. SHuningdek, betonga issiqlik yordamida ishlov berish rejimini maqbullashtirish maqsadida, beton mustahkamligining vaqt mobaynida ortib borishini nazorat qilishda ham buzmasdan sinash usullari qo’llaniladi. Bu usullardan foydalanib, betonga ishlov berishda bug’ sarfining maqbullashtirilgan rejimini tanlash mumkin. Elektrotermik usulda tortilgan armaturadagi zo’riqishni aniqlashda ham buzmasdan sinash usullaridan samarali qo’llaniladi. Buzmasdan sinash usullari qurilish jarayonida birikmalarning beton bilan to’ldirilish sifatini aniqlashda ham keng qo’llaniladi. Tuzilmani betonlash jarayonida armaturalar loyiha holatidan siljishi mumkin. Buni aniqlash uchun ham buzmasdan sinash usullari qo’llaniladi. Bundan tashqari, ekspluatatsiya qilinayotgan binolardagi temirbeton tuzilmalarning texnik holatini tekshirishda, ulardagi armaturaning joylashish chuqurligi va diametrini aniqlashda ham buzmasdan sinash usullari qo’llaniladi. Payvand birikmalarning sifatini nazorat qilish uchun ham buzmasdan sinash usullari qo’llaniladi. To’suvchi tuzilmalarda (devor paneli) zichlik va namlikni aniqlash asosan buzmasdan sinash vositasida amalga oshiriladi. Bu ko’rsatgichlar orqali tuzilmaning issiqlik o’tkazuvchanligi ham baholanishi mumkin. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling