Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Elastik sakrash va zarba impulpsi usullar


Download 1.41 Mb.
bet30/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
amaliy mash usk

Elastik sakrash va zarba impulpsi usullar
Mustahkamlikni elastik sakrash usulida baholash betonga elastik tarzda urilgan standart shaklli va massali jismning beton yuzasidan sakrash balandligi yoki zarba impulpsi qiymati bilan betonning siqilishga bo’lgan mustahkamligi o’rtasidagi funktsional bog’lanishga asoslangan. Mexanik buzmasdan beton mustahkamligini aniqlash usullari ichida bu usul eng kam mehnat talab qiladigani hisoblanadi. Bunda zarb energiyasi prujinalar yordamida hosil qilinadi. Sakrash qiymati bevosita asbobga o’rnatilgan shkala yordamida o’lchanadi.
Zarba impulpsi usuli ham betonga ta’sir qilish tavsifiga ko’ra elastik sakrash usuli bilan bir xildir. Lekin bu usulda asbob harakatlanuvchi qismining beton sirtidan sakrash qiymati emas, balki betonga urilib qaytishidagi kuch impulpsi o’lchanadi. Elastik sakrash usulida ishlaydigan asboblardan biri KM asbobi hisoblanadi Ushbu asbobning asosiy qismi kovak tsilindr bo’lib, uning ichiga spiralli prujina 2 joylashgan, prujina ichida tepki 2 li metal sterjen harkatlanadi, asbob uchiga zarb beruvchi moslama 1 o’rnatilgan.
Zarb beruvchi moslama ikki turdagi uchlikka ega bo’ladi. Birinchi turdagi uchlik toblangan po’latdan tayyorlangan qolpoqchadan iborat. Bunda beton mustahkamligi unga urilib qaytgan po’lat qalpoqchaning elastik sakrash balandligi h orqali aniqlanadi Ikkinchi turdagi uchlik sharchadan iborat bo’lib, bu holda beton mustahamligi beton sirtida zarb ta’sirida qoladigan iz diametri d bo’yicha aniqlanadi.

KM asbobi: a) po’lat qalpoqchali uchlik; b) sharchali uchlik; 1 – zarb beruvchi moslama; 2 – spiralli prujina; 3 – tepki; 4 – ko’rsatgich; 5 – shkala; 6 – tutqich; 7 – ilmoq; 8 – tayanch bolt; 9 – dasta
Elastik sakrash va zarba impulpsi usullari og’ir hamda yengil betonlarning mustahkamligini aniqlashda qo’llaniladi. Sinalayotgan tuzilmaning qalinligi elastik sakrash usulida kamida 100 mm, zarba impulpsi usulida esa kamida 50 mm bo’lishi lozim. Sinov o’tkaziladigan yuza iloji boricha konstruktsiyaning qolipda bo’lgan qismidan tanlanishi lozim. Aks holda sinov o’tkaziladigan yuza jilvir bilan tekislanishi va silliqlanishi lozim. Sinov maydoni temirbeton tuzilmaning chetidan 50 mm ichkarida bo’lishi, shuningdek, po’lat armaturalardan ham shuncha masofaga uzoqda bo’lishi lozim.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling