Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
Plastik deformatsiya usuli
Plastik deformatsiya usuli betonni siqilishga bo’lgan mustahkamligi bilan zarba berilganda beton yuzasida hosil bo’ladigan iz o’lchamlari orasidagi bog’lanishga asoslangan. Zarba natijasida hosil bo’ladigan izning o’lchamlari bilan beton mustahkamligi o’rtasida muayyan qonuniyatga amal qilinishi uchun asbobning zarba kuchi doimiy bo’lishi lozim. Bu esa plastik deformatsiya usulida ishlovchi asboblarning konstruktiv tuzilishiga nisbatan ma’lum texnik talablarni qo’yadi. Lekin etalon tayoqchali asboblarda bunday texnik talablar rioya etilish shart emas. CHunki bunday asboblarda bir vaqtda 2 ta iz hosil bo’ladi, bittasi beton yuzasida, ikkinchisi esa etalon tayoqchada. Beton mustahkamligi beton va etalon tayoqchadagi izlar o’lchamlarining nisbati orqali aniqlanadi. Betonda 1 ta iz hosil qilishga asoslangan asboblarga PM-2, XPS, NIIJB shtampi va PB asboblari kiradi. 2 ta iz hosil qilishga asoslangan asbobga esa Kashkarov bolg’achasi kiradi Kashkarov bolg’achasi aylanadigan kallakli korpusdan, dastadan, sharcha va po’lat sterjen o’tkaziladigan teshiklarga ega stakandan, shuningdek, sharchani sterjenga siqib turadigan prujinadan tashkil topgan. Sterjen diametri 10 mm li St.3. sinfdagi po’latdan tayyorlanadi va odatda 150 mm uzunlikka ega bo’ladi. SHarcha esa 15 mm li diametrga ega. K.P.Kashkarov rusumidagi etalon bolg’acha: a – sxematik qirqim; b – tashqi ko’rinish; 1 – korpus; 2 – metal dasta; 3 – kallak; 4 – prujina; 5 – teshikli stakan; 6 – etalon sterjen; 7 – po’lat sharcha Tuzilma sirtiga zarba berilganda bir paytda ikkita iz – beton va po’lat sterjen sirtlarida botiqliklar hosil bo’ladi. Mazkur izlarning diametrlarini yuqori aniqlikda o’lchash uchun burchakli shtrixlangan andozalar ishlatiladi Burchakli shtrixlangan andoza . Beton mustahkamligini 28 kunlik yoshida aniqlash grafigi Beton va etalon sterjenda qolgan iz diametrlari nisbati db/de ga asoslanib, bolg’acha pasportiga ilova qilinadigan grafik asosida beton mustahkamligi aniqlanadi. SHuningdek, betonning haqiqiy mustahkamligini aniqlash uchun asbob pasportiga mustahkamlikning namlikka, beton yoshiga va izlar soniga bog’liqlik koeffitsientlarining grafiklari ilova qilinadi. SHu asosda betonning real mustahkamligi aniqlanadi. Kashkarov bolg’achasining afzalliklaridan biri shuki, sinovlarda zarblarning bir xil bo’lmasligi natijaga aytarli ta’sir ko’rsatmaydi. Beton mustahkamligiga tuzatmalar kiritish grafiklari PMG asbobi ham plastik deformatsiya usulida ishlaydi. Mustahkamlik betonda zarb natijasida qoladigan iz o’lchami (diametri) ga muvofiq aniqlanadi. PMG asbobi: a) tashqi ko’rinishi; b) asbobning tuzilish sxemasi; 1-sharcha, 2-zarba beruvchi sterjenp, 3-tepki, 4-shtok, 5,9-prujinalar, 6-tishli zashelka, 7-tsilindrik korpus, 8-vtulka, 10-qopqoq Asbob bolg’acha shaklida tayyorlangan bo’lib, zarba kuchi doimiydir. Asbobda 2 ta prujina 5 va 9 o’rnatilgan bo’lib, undan biri (5) tepki 3 ni qo’zg’almas tepki 8 bilan bog’laydi. Tepki shtogi 4 zarba beruvchi sterjenp 2 ga bog’langan bo’lib, uning chetida diametri 17 mm.li po’lat sharcha 1 o’rnatilgan. Beton yuzasiga asbobni qadab so’ngra orqa qopqog’iga asta bosilsa, shtok zarbasidan sterjenp va zashelka siljiydi, natijada 5 prujina tortiladi. Keyingi harakat natijasida zashelka tishi tepkidan ajrab, ozod bo’lgan prujinali shtok zarba beruvchi sterjenp orqali beton yuzasiga zarba beradi. Plastik deformatsiya usulida ishlaydigan asboblardan yana biri NIIJB shtampidir (13.17-rasm). Asbobning ishlash tamoyili beton yuzasiga katta diametrli sferik shtamp 4 ni statik kuch bilan ezishga asoslangan. Asbob radiusi R=10,14 va 24 mm li 3 ta shtamp bilan jihozlangan. SHtampga uzatiladigan kuch manometri darajalangan gidravlik press orqali hosil qilinadi. Kuchning miqdori shtamp diametri va betonning mustahkamligiga bog’liq holda 10 dan 22 kN gacha o’zgartirilishi mumkin. Asbob yordamida qalinligi 30 mm dan 300 mm gacha bo’lgan beton va temirbeton konstruktsiyalar mustahkamligini sinash mumkin. NIIJB shtampi. 1 - dinomometr strubtsinasi, 2 - indikator, 3 - gidravlik so’rg’ich, 4 - shtamp, 5 - sinalayotgan mahsulot, 6 - sharnirsiz tayanch; 7 - sharnirli tayanch Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling