"qurilish materiallari va buyumlari"


Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi


Download 0.84 Mb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1184512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29-мавзу Metal qurilish materiallar va buyumlar

Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi deganda temir namunani cho‘zganda uning uzilish vaqtidagi kuchlanish tushuniladi.
Oquvchanlik chegarasi – namunani cho‘zishda berilgan kuch o‘zgarmagan holatda cho‘zilishning davom etishi.
Cho‘zilishi – temir namunaning boshlang‘ich va cho‘zgandan keyingi o‘lchamlarining nisbati.

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.2. Temirning xossalari.
6
Eng yuqori kuchlanish vaqtida namunaning cho‘zilishi bilan qo‘yilgan kuch orasidagi farq proporsional chegara deb ataladi. Namunani sinaganda ilk bor plastik deformatsiya alomatlari aniqlangandan keyin yuk olinadi va qolgan kuchlanishga qayishqoqlik chegarasi deyiladi. Temir namunalar maxsus cho‘zuvchan mashinada sinaladi. Bunda, yukning ortishi bilan namunaning cho‘zilishi egri chiziq bilan yozib boriladi va uni cho‘zilish diagrammasi deb ataladi.
Ayrim temir namunalarni cho‘zganda cho‘zilish diagrammasida oqish chegarasi deb ataladigan yassi chiziq hosil bo‘ladi. Boshqalarida esa yukning ortishi bilan namuna bir tekisda cho‘zilaveradi. Tarkibida har xil miqdorda uglerod bo‘lgan po‘latning cho‘zilish diagrammasini quyidagi 1-rasmdan qo‘rish mumkin.

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.3. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi.
7
Cho‘yan ishlab chiqarish. Cho‘yan – temir rudasi hamda temir chiqindilari va flyuslarni eritib olinadi. Tog‘ jinsi tarkibidagi temir har xil moddalar kislorod, oltingugurt va hokazolar bilan kimyoviy birikkan holatda bo‘ladi. Cho‘yanda temirning har xil turlari mavjud. Jumladan, 72% gacha magnitli temir (G‘e3O4), 70 % qizil temir (2G‘e2O3 3N2O) lar bunga misol bo‘ladi. SHuningdek, cho‘yan tarkibida legirlovchi aralashmalar bo‘lgan (xrom, nikel, titan, marganets va boshq.) rangli temir rudasidan ham olinadi. Temir rudasidan cho‘yan va rangli temirlarni ajratib olish hamda erish haroratini pasaytirish maqsadida eritmaga flyuslar yoki erituvchilar qo‘shiladi.
Cho‘yan ishlab chiqarishda yoqilg‘i o‘rnida koks (toshko‘mirning quruq haydalgani) termonitratsit, tabiiy gaz ishlatiladi. Temirga 2 % uglerod qo‘shib eritilsa cho‘yan hosil bo‘ladi. Uning tarkibidagi Si, Mn foydali, R, S zararli aralashmalar hisoblanadi. Cho‘yan olish uchun temir rudasi flyus, yonuvchan moddalar qatlam-qatlam qilib domna o‘chog‘ining eng yuqori qismidan to‘kiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling