"qurilish materiallari va buyumlari"


«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


Download 0.84 Mb.
bet4/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1184512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29-мавзу Metal qurilish materiallar va buyumlar

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.3. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi.
8
Domna o‘chog‘i tik o‘rnatilgan, ichki qismi o‘tga chidamli glinozem toshlari bilan qoplangan po‘lat shaxtadir. Domna o‘chog‘ini quyi qismidagi cho‘yan eritmasi bilan suyuq toshqolning tarnovlar orqali tushishi hisobiga maydalangan xom ashyo bilan to‘lg‘azib turiladi. O‘choqning quyi qismidagi yuqori harorat yuqoridagi xom ashyo qatlamlarini quritadi va nihoyat u eriydi.
Erigan cho‘yanning og‘irligi toshqolga qaraganda katta bo‘lgani sababli, u domna o‘chog‘ining quyi qismiga yig‘iladi (cho‘yanning zichligi 7803 kg/m3, toshqolniki 2310 kg/m3 dan 3030 kg/m3 gacha) va tarnov orqali qoliplovchi qozonga quyiladi. Cho‘yan eritmasi yuzasidagi suyuq toshqol uni oksidlanishdan va tez sovishdan saqlaydi.
1–суюқ чўян; 2–чўян эритмаси тушадиган тарнов; 3– суюқ тошқол; 4– суюқ тошқол учун тарнов; 5–фурма; 6–ёқилғи; 7–руда; 8– флюс; 9–чўян томчилари.

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.3. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi.
9
Po‘lat ishlab chiqarish. Po‘lat konvertor, marten yoki elektr o‘choklarida olinadi.
Konvertor usulga ko‘ra o‘choqdagi erigan cho‘yanni boyitilgan kislorodli havo bilan tozalanadi. Oksidlash jarayonida po‘lat chala oksidlar bilan to‘yingan bo‘ladi. Po‘lat xossalarini yaxshilash maqsadida eritmaga 51, Mp, A1 va boshqa moddalar qo‘shiladi.
Marten usulida po‘lat olish uchun o‘choq olov bilan qizdirilib, qayta ishlangan cho‘yan, po‘lat parchalari va flyus eritiladi. YOqilg‘i sifatida gaz yoki suyuq ashyo ishlatiladi. Eng yuqori sifatli po‘lat olishda kislorod-konvertor usuli keng ishlatiladi. Bu usulga ko‘ra, kislorod suyuq cho‘yanning ustki qismidan haydaladi va po‘latning sifatli bo‘lishligini ta’minlaydi.
Po‘latni elektr toki bilan eritib olish usuli cho‘yan aralashmasining oksidlanishini tezlatishda hamda chala oksidlanishining oldini olishda qo‘llaniladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling