"qurilish materiallari va buyumlari"


«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


Download 0.84 Mb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1184512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29-мавзу Metal qurilish materiallar va buyumlar

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.1.Metall haqida umumiy tushunchalar.
4
Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po‘latni kiritish mumkin. Po‘latni yuqori haroratda eritganda yoki sovitganda uglerodning kamayishi yoki ortishi xisobiga po‘latning xossalari keskin o‘zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2 % gacha bo‘lsa – po‘lat, 2 %dan ortsa cho‘yan deb ataladi. Po‘latda uglerod 1 % bo‘lsa, uning erish harorati 1539°S ga teng. Kristallanish jarayoni 1490°S da boshlanib, 1320°S da tugaydi. Harorat 910°S va 758°S ga tushganda eritma qattiq holatga o‘tadi. Sovish jarayonida temir uglerodli po‘lat eritmasining tuzilishi har xil holatda bo‘ladi:
Sementit. Eritmada uglerod mikdori 6,7 %gacha bo‘lganda hosil bo‘ladi. Eritma sovishi jarayonida undagi sementit parchalanib ferrit va grafitga aylanadi. Semenit juda qattiq va mo‘rt.
Ferrit alfatemirdagi uglerodning qattiq eritmasi. Uning mustahkamligi va qattiqligi kichik, qayishqoqligi yuqori.
Perlit – tarkibida 0,8 % uglerod bo‘lgan evtektoid. U ferrit va sementitning mayda kristallari aralashmasidan iborat.
Austenit gamma-temirdagi uglerodning qattiq eritmasidir. U qayishqoq, kimyoviy chidashi va magnitsiz.
Ledeburit tarkibida 4,3 % uglerod bo‘lgan evtektid. U austenit bilan sementitning eritma holatida boshlang‘ich kristallarning aralashmasidan hosil bo‘ladi. Harorat 723°S ga pasayganda, ledeburit tarkibi asosan sementit va perlitdan tashkil topadi.

«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi


15.2. Temirning xossalari.
5
Qurilishda ishlatiladigan temirlarning xossalari maxsus tajribaxonada mexanik va texnologik usullar vositasida aniqlanadi.
Temirning mexanik xossalariga uning cho‘zilishdagi mustah­kamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, cho‘ziluvchanligi, qattiq­ligi, zarbdagi qayishqoqligi; texnologik xossalariga esa suyuq holatdagi oquvchanligi; payvandlanishi, bolg‘alanuvchanligi, elektr tokini o‘tkazuvchanligi, magnitlanishi va boshqalar kiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling