«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
15.1.Metall haqida umumiy tushunchalar.
4
Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po‘latni kiritish mumkin. Po‘latni yuqori haroratda eritganda yoki sovitganda uglerodning kamayishi yoki ortishi xisobiga po‘latning xossalari keskin o‘zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2 % gacha bo‘lsa – po‘lat, 2 %dan ortsa cho‘yan deb ataladi. Po‘latda uglerod 1 % bo‘lsa, uning erish harorati 1539°S ga teng. Kristallanish jarayoni 1490°S da boshlanib, 1320°S da tugaydi. Harorat 910°S va 758°S ga tushganda eritma qattiq holatga o‘tadi. Sovish jarayonida temir uglerodli po‘lat eritmasining tuzilishi har xil holatda bo‘ladi:
Sementit. Eritmada uglerod mikdori 6,7 %gacha bo‘lganda hosil bo‘ladi. Eritma sovishi jarayonida undagi sementit parchalanib ferrit va grafitga aylanadi. Semenit juda qattiq va mo‘rt.
Ferrit – alfatemirdagi uglerodning qattiq eritmasi. Uning mustahkamligi va qattiqligi kichik, qayishqoqligi yuqori.
Perlit – tarkibida 0,8 % uglerod bo‘lgan evtektoid. U ferrit va sementitning mayda kristallari aralashmasidan iborat.
Austenit – gamma-temirdagi uglerodning qattiq eritmasidir. U qayishqoq, kimyoviy chidashi va magnitsiz.
Ledeburit – tarkibida 4,3 % uglerod bo‘lgan evtektid. U austenit bilan sementitning eritma holatida boshlang‘ich kristallarning aralashmasidan hosil bo‘ladi. Harorat 723°S ga pasayganda, ledeburit tarkibi asosan sementit va perlitdan tashkil topadi.
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
15.2. Temirning xossalari.
5
Qurilishda ishlatiladigan temirlarning xossalari maxsus tajribaxonada mexanik va texnologik usullar vositasida aniqlanadi.
Temirning mexanik xossalariga uning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, cho‘ziluvchanligi, qattiqligi, zarbdagi qayishqoqligi; texnologik xossalariga esa suyuq holatdagi oquvchanligi; payvandlanishi, bolg‘alanuvchanligi, elektr tokini o‘tkazuvchanligi, magnitlanishi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |