Olinishi
1. Etilen laboratoriyada etil spirt va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasini qizdirish bilan olinadi:
C2H5O=>C2H4+H2O
2. Etilen qatori uglevodorodlarni to‘yingan uglevodorodlarning degidrogenlash (katalizator ishtirokida, yuqori haroratda) bilan ham olish mumkin:
2CH4=>C2H 4 + 2H2
3. Etilen qatori uglevodorodlari to‘yingan uglevodorodlar digalogenli hosilalarining metallar bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinishi mumkin, galogenlar qo‘shni uglerodlarda bo‘lishi lozim:
CH2-CH-CH3+Zn → CH2=CH-CH3+ZnBr2
|
Br
|
Br
4. Monogalogenli hosilalarga ishqorning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda vodorod galogenid ajralib chiqadi va alken hosil bo‘ladi:
C3H7Cl + KOH( spirt) → C3H6 +KCl +H2O
Kimyoviy xossalari. Etilen va uning gomologlarining asosiy kimyoviy xossalari ularning qo‘shbog‘lari bilan bog‘liq. Ular qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga oson reaksiyaga kirishadi. Ayniqsa, birikish reaksiyalari alkenlar uchun xarakterli hisoblanadi.
1. Gidrogenlash reaksiyasi. Alkenlar yuqori haroratda katalizator ishtirokida
qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga gidrogenlash reaksiyasiga kirishadi:
CH2= CH2 +H2 → CH3- CH3
2. Galogenlash reaksiyasi. Etilenga bromli suv ta’sir ettirilsa, etilen bromli suvni rangsizlantiradi. Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning dibromli birikmalari hosil bo‘ladi:
CH2 =CH2 + Br2 → CH2Br- CH2Br
3.Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlarni ham biriktirib olishi mumkin:
CH2= CH2+HBr → CH3- CH2Br
Propilendan boshlab vodorod galogenid birikishi biroz farq qiladi. Bunda reaksiya Markovnikov qoidasiga asosan boradi. HBr dagi vodorod qo‘shbog‘ saqlagan uglerodlardan ko‘proq gidrogenlanganiga, brom esa kamroq gidrogenlanganiga birikadi
CH2=CH – CH3 + HBr → CH3 – CH(Br) CH3
4. Alkenlar molekulasidagi qo‘shbog‘ hisobiga oksidlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Etilen kaliy permanganat ta’sirida oksidlanganda ikki atomli spirt etilenglikol hosil bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |