Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti 03-22-guruh talabasi Ashirova Mohinurning Organik kimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 8.75 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi8.75 Kb.
#1724942
  1   2   3
Bog'liq
organik kimyo

Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti 703-22-guruh talabasi Norqo’ziyev Firdavsning Organik kimyo 1 fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Reja :

1.Alkenlarning nomlanishi va izomeriyasi.

2.Alkenlarning olinishi ,kimyoviy xossalari va umumiy yonishi.

3.Alkenlarning ishlatilishi.


Alkenlar yoki olefinlar – alifatik to‘yinmagan uglevodorodlar, uglerod atomlari
o‘rtasida joylashgan molekulalar bitta qo‘shbog‘ga ega organik moddalar. Lotincha
olefi ant – “moy” degan ma’noni anglatadi, tarixiy nom bo‘lsa-da, kimyoviy adabiyotlarda keng qo‘llanadi. Bu nomning sababi XVIII asrda olingan etilen xlorid – suyuq moysimon modda.Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n bo‘lib, ularning birinchi vakili − etilen. Etilenning bir valentli radikali (CH2=CH–) vinil radikali deb ataladi.Alkenda qo‘shbog‘ mavjud bo‘lgan uglerod atomlari sp2 gibridlanish holatidadir. Bu degani bitta s– va ikkita p–orbital gibridlanishda ishtirok etadi, bitta p–orbital esa gibridlanmagan bo‘lib qoladi. Gibrid orbitallarning bir-birining ustiga chiqishi σ–bog‘ning hosil bo‘lishiga olib keladi va gibridlanmagan p–orbitallar tufayli qo‘shni uglerod atomlari o‘rtasida ikkinchi π–bog‘ hosil bo‘ladi.

CH2=CH-CH3 CH3-CH=CH-CH3 propilen butelin


Alkenlarni ratsional nomenklaturaga muvofi q nomlashda tegishli alkan nomidagi –an qo‘shimchasini -en yoki -ilen qo‘shimchasiga almashtiriladi. Ammo bunday nomenklatura bilan bir qatorda hozirgi vaqtda sistematik (xalqaro) nomenklatura ham keng ishlatiladi. Alkenlarni sistematik nomenklaturaga muvofi q nomlashda avval asosiy zanjir tanlanadi. Qo‘shbog‘ asosiy zanjirda bo‘lishi kerak. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlar-
iga raqam qo‘yish qo‘shbog‘ tomondan yoki qo‘shbog‘ga yaqin tomondan bo‘lishi kerak. Asosiy zanjir raqamlangandan keyin alkanlarga o‘xshab yonaki zanjirdagi radikallar alfavit bo‘yicha aytiladi. Oxirida asosiy zanjir nomi va qo‘shbog‘ning o‘rni raqam bilan ko‘rsatiladi.
Alkenlarda yana o‘ziga xos bo‘lgan izomeriya turini uchratishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, butan molekulasi modelini turli xil – to‘g‘ri va egri-bugri shaklda yasash mumkin. Ammo bu modellar turli moddalarni emas, balki bitta moddani ifodalaydi, chunki alkanlarda uglerod atomlari erkin aylanadi va bunda bir shakl osonlik bilan boshqa shaklga o‘tadi.
Buten-2 molekulasining modelini biz ikki xil tasvirlashimiz mumkin. Ammo bu yerda qo‘shbog‘ orqali birikkan uglerod atomlari erkin aylana olmaydi. Shuning uchun bir konformatsiya molekula boshqa konformatsiyadagi molekulaga o‘ta olmaydi.
Izomeriyaning bu turi bizga ma’lum bo‘lgan izomeriya hodisalaridan farq qilib,atomlarning molekulada o‘zaro turli ketma-ketlikda birikkanligida emas, balki ularning fazoviy konformatsiyasi har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. Bu fazoviy izomeriya yoki stereoizomeriya deb ataladi.
Agar izomerdagi almashadigan guruhlar (CH3guruhlar) qo‘shbog‘ning bir tomonida joylashgan bo‘lsa, bu sis-izomer. Agar ular qo‘shbog‘ning turli tomonlarida joylashgan bo‘lsa, trans-izomer bo‘ladi.

Download 8.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling