Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
Qorishma nasoslariQorishmani qavatlarga yoki ish o‘rinlariga etkazib berishda, shuningdek, uni turli yuzalarga chaplashda qorishma nasoslari, qorishma haydagichlar va turli qorishma o‘tkazgichlar (po‘lat yoki rezina) qo‘llaniladi. Qorishma nasoslarining ko‘p konstruksiyalari mavjud, biroq diafragmali qorishma nasoslari eng ko‘p tarqalgan. SO-69, SO-49, SO-48, SO-10, SO-58 markalardagi qorishma nasoslarini ishlab chiqarmoqda, ularning ish unumi 1, 2, 4 va 6 m3/soat. Agar dastlabki to‘rtta qorishma nasosi bir plunjerli bo‘lsa, oxirgisi ikki plunjerlidir. Qorishmani qanchalik uzoqqa etkazib berish qorishma nasosining quvvatiga bog‘liq. Ish unumi 4 m3/soat gacha bo‘lgan qorishma nasoslaridan qorishma yuzalarga chaplashda foydalaniladi, biroq qorishmani uzatishda ham ulardan foydalanish mumkin. Juda kuchli qorishma nasoslari ko‘pincha qorishmani bino qavatlarida joylashgan oraliq bunkerlarga uzatishda, shuningdek, bir yo‘la bitta, ikkita va undan ortiq forsunkani qo‘llagan holda qorishmani yuzalarga chaplashda ishlatiladi. rasm. SO-49 markali qorishma nasosi (sxema): 1-qorishma tushirish moslamasi, 2-havo qalpoqchasi, 3-qorishma o‘tkazish trubasi, 4-haydash klapani, 5-suv tushirish jo‘mragi, 6-suv tushirish moslamasi, 7- elektr dvigatel, 8-tishli uzatma, 9-krivoship-shatun mexanizmi, 10-plunjer, 11-suv nasosining silindri, 12-rezinadan yasalgan silindrik diafragma, 13-ish kamerasi, 14-so‘rish klapani, 15-so‘rish patrubogi, 16-qorishma bunkeri. SO-49 markali qorishma nasosi yassi diafragmali bir bosqichli plunjerli nasosdan iborat, bu nasos bir o‘qli aravachaga montaj qilingan (10-rasm). Qorishma nasosining 5-15 sekundda ishlaydigan pnevmoelektr relesi va manometr uchun himoya qurilmasi bor. Pnevmoelektr relesi masofadan boshqarish agar sistemada bosim yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqib ketgan hollarda nasos elektrodvigatelini o‘sha zahoti uzib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Qorishma trubasiga qorishma tiqilib qolgandagina emas shuningdek forsunka yonidagi jo‘mrak to‘silib qolganda ham qorishma nasosi ishlamay qo‘yadi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling