Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Qorishmalar tayyorlaydigan va tashiydigan mashinalar


Download 3.31 Mb.
bet26/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Qorishmalar tayyorlaydigan va tashiydigan mashinalar


Qorishmalarni tayyorlashda qorishma qorgichlardan foydalaniladi. Qorishma qorgichlarning konstruksiyalari ko‘p. Qorishma qorgichlarning ba’zisida materiallar qo‘lda, boshqalarida esa ko‘targich yordamida yoki bunkerdan joylanadi. Ba’zi qorishma qorgichlarda qorishma parraklar yordamida, boshqalarida esa ichki tomoniga kurakchalar mahkamlangan aylanuvchi baraban


yordamida aralashtiriladi. Baraban aylanayotganida materiallar ag‘dariladi, kurakchalarga to‘kiladi va u bilan aralashtiriladi.
Aylanuvchi barabanli qorishma qorgichlar qorishmalarni ham, quruq aralashmalarni, masalan, sement-qum va boshqa aralashmalarni ham yaxshi aralashtiradi (8-rasm).


  1. rasm.Aylanuvchi barabanli qorishma qorgich.

Qorishmalar qurilishlarning o‘zida qorishma uzellarida ham, tayyor qorishma zavodlarida ham tayyorlanishi mumkin. Tayyor qorishma zavodlarining ko‘pi avtomatlashtirilgan, u erda tayyorlangan qorishmalar Yuqori sifatli bo‘ladi. Qorishma zavodlardan qurilishlarga avtomashinalar kuzovlarida tashib keltiriladi. Tashib keltirilgan qorishma bunkerga to‘kiladi, qorishma u erdan nasos orqali yoki ko‘targich bunkerlar (yashiklar) yordamida qavatlarga uzatib beriladi, ko‘targich bunkerlar qavatlarga ko‘targichlar yordamida uzatiladi. Qorishmalar va mastikalar tayyorlash jarayonida gipsni va sochiluvchi boshqa materiallarni qavatlarga uzatib berishga to‘g‘ri keladi. Sochiluvchan materiallarni turli ko‘targichlar yordamida qavatlarga uzatish mumkin. Gipsni qavatlarga kompressordan keladigan siqilgan havo yordamida ham uzatish mumkin. Turli qurilish tashkilotlarida konstruksiya qilingan boshqa qurilmalar ham mavjud. Sochiluvchan materiallarni uzatadigan qurilma qurilishlarda ishlatilmoqda. Sochiluvchan material qabul qilish bunkeri (3)


ga bo‘shatiladi u erdan datchik (4) yordamida teng porsiyalarda truboprovod (5) ga o‘tkaziladi. Bu erda u ventilyator (2) dan keladigan havo oqimiga uchraydi va truboprovod (5)orqali kerakli joyga uzatiladi (9-rasm).


  1. rasm.Sochiluvchi materiallarni uzatuvchi qurilma sxemasi.

1-elektr dvigatel, 2-ventilyator, 3-qabul qilish bunkeri. 4-datchik, 5-
truboprovod.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling