4-jadval.
Kompressorlarning texnikaviy xarakteristikasi
|
Ko‘rsatkich
|
Ko‘rsatkic
h o‘lchami
|
Kompressorlar
|
SO-2
|
SO-7
|
SO-62
|
Ish unumi
|
m3/soat
|
30
|
30
|
30
|
Eng katta ish
bosimi
|
Kg/sm2
|
4
|
7
|
7
|
Elektr dvigatelning
quvvati
|
Kvt
|
3
|
4
|
4, 2
|
Massasi
|
Kg
|
140
|
170
|
60
|
Rezina shlanglar va po‘lat quvurlar qorishmalarni etkazib berishda katta samara beradi. Qorishmani qorishma nasosi yoki qorishma haydagichdan ish o‘rniga etkazib berishda qorishma uzatgichlardan foydalaniladi, ular metall quvurlar yoki rezina shlanglardan iborat bo‘ladi. Quvur va shlanglarning diametri mashinaning ish unumiga va vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: qorishma (material) shlanglarining diametri siqilgan havo shlanglarinikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. qorishmani bino qavatlariga haydashda bir truba stoyakli inventar qorishma quvurlaridan yoki halqasimon inventar qorishma quvuridan foydalaniladi.
Qorishma shlangining uchiga o‘rnatiladigan forsunkalar (uchliklar) mashina yordamida suvashda qorishmani yuzaga purkash uchun xizmat qiladi (3.5-rasm).
Pnevmatik forsunkalar. Kompressordan shlanglar orqali keladigan siqilgan havo yordamida qorishmani chaplash uchun pnevmatik forsunkalardan foydalaniladi. Siqilgan havo qorishmani mayda zarrachalarga parchalaydi va suvaladigan yuzaga katta tezlik bilan purkaydi. Pnevmatik forsunkalar halqa bo‘ylab havo yuboradigan va markaz bo‘ylab havo yuboradigan turlarga bo‘linadi.
rasm. Qorishmani forsunka yordamida chaplash.
Do'stlaringiz bilan baham: |