Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Suvoqni qo‘lda chaplash va suvoq turlari


Download 3.31 Mb.
bet19/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Suvoqni qo‘lda chaplash va suvoq turlari


Suvoq ishlarida quyidagi ishlar bajariladi: yuza rejalanadi, marka va nishonlar o‘rnatiladi, qorishma chaplanadi hamda tekislanadi, suvoq ishqalanadi, rax va zaglushinalar suvaladi, deraza taxtasi tirqishlariga qorishma quyilib, tekislanadi.
YUzalarni nishonalar o‘rnatib rejalashga suvoq ishlariga sarflanadigan umumiy vaqtning o‘rtacha 15 foizi; mashina bilan sepma va qorasuvoq qorishmasi chaplashga 10 foizi; rax va zaglushinalarni pardozlashga 10 foizi; luzglarni pardoz suvoq qilib, ishqalash va pardozlashga 30 foizi; qorasuvoqni tekislab luzgni pardozlashga 20 foizli; tayyor karniz va rozetkalarni o‘rnatishga 15 foizi ketadi. Agar xona karniz chiqarmasdan pardoz suvoq qilinadigan bo‘lsa, u holda luzglarni ishqalashga suvoq ishlarini bajarish uchun sarflanadigan umumiy mehnat sarfining o‘rtacha 35 foizini sarflash zarur.
Suvoq qatlamini qalin chaplash ish unumini juda pasaytirib yuboradi. Masalan, yagona va me’yoriy baholarga muvofiq suvoq qatlamining 10 mm ga ortishi baho va normaning 15% ortishiga olib keladi. Bu esa suvoq qatlamining har bir santimetri uchun ish unumini 15% pasaytirib yuborishini ko‘rsatadi. SHuning uchun konstruksiyalar montajining aniqligi va bino konstruksion elementlarning suvoq qilinadigan yuzalarining yaxshi sifatliligi juda katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri o‘rnatilgan konstruksiyalar va to‘g‘ri hosil qilingan yuzalar qalin suvoq qatlami talab qilmaydi, shu tufayli ish unumi ortadi, material tejaladi va ish narxi pasayadi. Odatdagi suvoq bajarilish aniqligi va pardozlanish sifatiga qarab oddiy suvoq (sokol bilan), sifatli suvoq (rejacho‘p bilan), Yuqori sifatli (nishonlar bo‘yicha) suvoqqa bo‘linadi. Manzarali suvoq ham, Yuqori sifatli suvoq bajarilgan
aniqlikda bajariladi.

Suvoqning bajarilish aniqligi


Xuddi shu normalar bilan suvoq qatlamining qalinligi belgilangan: oddiy suvoqda 12 mm gacha, sifatli suvoqda 15 mm gacha va Yuqori sifatli suvoqda 20 mm gacha. Tekis beton va g‘isht yuzalarda suvoqning qalinligi 10 mm gacha borishi mumkin. Poxol-plita, qamish-plita va fibrolit yuzalarda suvoq qalinligi 20 mm dan oshib ketmasligi kerak. YOg‘och yuzalarda suvoq qatlami qalinligini 20 mm qilib olish yoki ostki rezgi taxta sathidan 25 mm dan kam qilmasdan olish ma’qul, chunki qoqilgan rezgi taxtalar tob tashlaganda yupqaroq suvoq qatlamlari yorilib ketadi, rezgi taxtaning o‘zi esa suvoq yuzida iz qoldirib, bilinib turadi.
Suvoqning bajarilish aniqligi 2 m uzunlikdagi reja cho‘p (reyka) bilan tekshiriladi. Reja cho‘pning qirralari yaxshi saqlanishi uchun uning ikki tomoniga polosa po‘lat qoqish va frezerlash zarur. Reja cho‘pni ushlash qulay bo‘lishi uchun unda qo‘l kirib turadigan parron teshiklar o‘yiladi.
Suvoq yuzaga mustahkam yopishib turishi, qatlamlanib ko‘chmasligi lozim; yuza yaxshilab ishqalangan bo‘lishi, ko‘rinib turadigan nuqsonlari bo‘lmasligi kerak.
Oddiy suvoq ikki qatlamdan – sepma qatlam va qorasuvoq qatlamidan iborat.
Sifatli va yuqori sifatli suvoq alohida chaplanadigan uch qatlamdan–sepma qatlam, qorasuvoq qatlami va pardoz suvoq qatlamdan iborat bo‘ladi. Bu har qaysi suvoq qatlamining o‘z vazifasi bor.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling