Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Suvoq uchun to‘r armaturali konstruksiyalarni tayyorlash


Download 3.31 Mb.
bet18/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Suvoq uchun to‘r armaturali konstruksiyalarni tayyorlash


To‘r armaturali konstruksiyalar osma shiftlar, yupqa temir–beton parda devorlar, karnizlar, sokollar va boshqa konstruksion elementlarni qurishda keng ishlatiladi. To‘r armaturali konstruksiyalar turli shakllarda, og‘irligi jihatidan engil bo‘ladi va ularga material kam sarflanadi. Bunday armaturlar yasash uchun turli diametrli armatura po‘lati va kataklarining o‘lchami 10x10 mm bo‘lgan to‘r ishlatiladi. Bunday katakdan suvoq qorishmasi kam o‘tadi va bu bilan suvoq qatlamining tez hosil bo‘lishiga erishiladi.
To‘r armatura po‘latidan qilingan karkasga tortiladi. Karkaslar ko‘tarilib turuvchi va tutib turuvchi bo‘ladi. Ko‘tarib turuvchi karkas hosil qilinadigan konstruksiyaning profili va shakli beriladi. Agar karkasga aniq shakl berilmasa suvoq qatlami qalinlashib ketadi (2.5-rasm).

2.5-rasm. To‘r armaturali konstruksiyalarni suvoqqa tayyorlash:
a) to‘siqlar, b) shift, 1-ko‘tarib turuvchi karkas, 2-tutib turuvchi karkas, 3-
to‘r.
Ko‘tarib turuvchi sinchning uchlari devor va shiftlarga puxta mahkamlanadi, buning uchun elektr parma yoki shlyambur bilan kerakli chuqurlik va diametrda teshik qilinib unga karkasning uchlari metal ponalar bilan mahkamlanadi. Agar to‘r armaturalari konstruksiyalar oldindan mo‘ljallangan bo‘lsa devor va shiftlarga armatura simlarining uchi kiritilib qo‘yilib keyinchalik ularga ko‘tarib turuvchi karkas mahkamlanadi.
Bunday konstruksiyalardan osma shift qurilganda ko‘tarib turuvchi karkasning uchlari ilmoq shaklida egilib unga tutib turuvchi karkasning uchi kiritiladi va ularni yumshoq sim bog‘lab qo‘yiladi. Karkas tebranib turmasligi uchun tutib turuvchi armaturaning uchlarini devorga mahkamlab qo‘yish zarur.
Armaturadan karkas yasab bo‘lib to‘r polotnolarga bo‘lib qirqiladi va bu polotnolar karkasga mahkamlanadi. Avval polotnoning bir uchi sim bilan mahkam bog‘lanadi. Keyin to‘rni tarang qilib ikkinchi uchi bog‘lanadi. SHundan so‘ng to‘r va karkas oralari mahkamlanadi. Bunday mahkamlangan tugunlar bir biridan 100-
150 mm masofada shaxmat tartibida joylashtiriladi. Plotnolar ketma- ket
mahkamlanadi. Tebranib turadigan to‘rga qorishma chaplash qiyin chunki salgina tebranishga ham qorishma ko‘chib tushadi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling