Qurilish materiallari va konstruksiyalari


II guruh: Maydalanish jarayonida yuzaki faol moddalar (YUFM) qo‘shilgan sementlar


Download 3.31 Mb.
bet14/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

II guruh: Maydalanish jarayonida yuzaki faol moddalar (YUFM) qo‘shilgan sementlar


YUFM – yuzaki faol xususiyatli organik moddalar, 0,3% gacha qo‘shiladi.
YUFM harakat mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: gidrofil va gidrofob turiga bo‘linadi.
Gidrofillashtiruvchi turidagi YUFM:

  • sement donalari yuzasini suv bilan ho‘llanilishini yaxshilaydi;

  • sementning suv talabchanligini kamaytiradi.

Ta’sirining asosiy samaradorligi bo‘yicha qo‘shimchalar plastiklovchi – LST ( texnik lignosulfonat), LSTM (modifitsiyalangan texnik lignosulfonat), SDB (sulfit – drojali brajka), SSB (sulfitli – spirtli barda) bo‘ladi.
Gidrofillashtiruvchi turdagi YUFM ni qo‘shganda plastiklangan portlandsement (PS PL) olinadi. Uni ketma ket muzlatilib eritiluvchi yoki namlanib quruvchi ta’sirga yuzma yuz keladigan konstruksiyalarda qo‘llash tavsiya etiladi. Plastiklangan portlandsementli beton va qorishmalar g‘ovakligi kamroq va suv kirishi qiyinroqligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham ularning chidamliligi Yuqori.
Gidrofoblashtiruvchi turdagi YUFM yuzani suv bilan ho‘llanilishini kamaytiradi (sement 5 daqiqada suvni shimib olmasligi uchun), natijada:

  • sementning gigroskopikligi (havodan namlanish) kamayadi (faollikni yo‘qotmasdan turib saqlash muddati oshadi).

  • sementning suv talabchanligi kamayadi, lekin YUFM gidrofillashtiruvchi qo‘llangandagiga qaraganda kam miqdorda;

  • sementtoshining muzlashga chidamliligi oshadi

Qo‘shimchalar turlari: asidol, milonaft, olein kislotasi, sintetik yog‘ kislotalari, kremniy organik birikmalar.
Gidrofoblashtiruvchi YUFM kiritilganda gidrofobli portlandsement (PSGF) olinadi. Gidrofobli portlandsement an’anaviy markada chiqariladi, ko‘proq 400 markada. Vaqt o‘tgan sari gidrofobli sement faollikni deyarli yo‘qotmaydi, shuning uchun, ayniqsa uzoq saqlash va tashishda asqotadi. Undan Yuqori mustahkamlikka ega konstruksiyalarni tayyorlashda foydalaniladi.
III guruh. Normal mineralogik tarkibli portlandsement klinkeri asosidagi sementlar.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling