Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Gips: tarkibi, xususiyati, qo‘llanilishi


Download 3.31 Mb.
bet11/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Gips: tarkibi, xususiyati, qo‘llanilishi. Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchilar QMQ 125 – 79 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak.
Gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom – ashyo bu tarkibida mineral-gips bo‘lgan tog‘ jinslaridir.
Gips –mineral tog‘ jinsi, ikki suvli kalsiy sulfati: CaSO4•2H2O.
Toza ikki suvli gipsning kimyoviy tarkibi quyidagi 1 – jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Gipsning kimyoviy tarkibi



Komponent nomi

% massa bo‘yicha

CaO

32,6

CO3

46,5

N2O

20,9




Gipsli toshning texnik tavsifi 2 – jadvalda berilgan.
Gips toshining tavsifi

2– jadval




Zichligi, kg/m3

2200 – 2400

To‘kma zichligi, kg/m3

1300 – 1600

Namligi, %

3 – 5

Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi

2

CaSO4 hisobida gipsning suvda eruvchanligi, g\l, 18°C
40°C
100°C da

0.2
0,21
0,17

16 – 46 °C intervalda issiqlik o‘tkazuvchanlik Vt\
(m x k)

0,43

Gipsli tosh tarkibidagi CaSO4•2H2O ning miqdori,
% navlar bo‘yicha
I II III
IV

Kam emas


95
90
80
70

Gipsli bog‘lovchi moddalarni shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi:

Qurilish gipsi – ikkisuvli maydalangan gipsning kuydirib olingan mahsulotidir. Ayrim zavodlarda kuydirilgandan so‘ng gips yana bir bora maydalanadi.
Bu gips maydakristalli gips turiga kirib, qotish davrida qurilish gipsining suv talabchanligi oshadi. Qotgandan so‘ng mustahkamligi yuqori emas, 2-16 MPa ni tashkil etadi.
Shakllanadigan gips ham yarimgidratli kalsiy sulfatidan tashkil topgan.
Qurilish gipsidan farqi uning o‘ta maydaligidadir.
Yuqori mustahkamli gips α – yarimgidratning o‘ta maydalangan maxsuloti bo‘lib, issiq ishlovi sharoiti (bu sharoitda suv gipsdan tomchili-suyuq holda ajraladi) natijasida olingan. Bunday sharoit 0.15 – 0.3 MPa bosimda to‘yingan bug‘ muhitida, avtoklavda bo‘lishi mumkin.



Gipsli bog‘lovchi moddalarning ko‘rib chiqilgan turlari turli maqsadlar uchun ishlatiladi. Qurilish va shakllanadigan gipslardan quyidagilarni ishlab – chiqarishda keng foydalaniladi:

  • KNAUF – listlar (gipsakarton list);

  • KNAUF – superlist (gipstolali list);

  • quruq qurilish qorishmalari;

  • gipsli qovurg‘asimon plitalar;

  • gipsolit detallar;

  • ventilyasion korobkalar;

  • olovga chidamli va tovush yutuvchi mahsulotlar.

Bu materiallarning hammasi havoning nisbiy namligi 60% dan oshmagan xonalarda ishlatilishi kerak, chunki gipsli mahsulotlarning namlanishi doim uning chidamliligini pasaytiradi va plastik deformatsiyalarni ko‘paytiradi. Gipsli mahsulotlar namlikka chidamliligini, masalan: sintetik smolalar qo‘shish, gidrofob moddalar bilan to‘yintirish, uzluksiz zichlash yo‘llari bilan oshirish mumkin. Suvga chidamlilikni oshirishning ayniqsa eng samarador usuli bu - gips asosli aralash bog‘lovchi moddalarga o‘tishdir.
Ishlab chiqarishda gipsli bog‘lovchilarning ikki xar xil usuli qo‘llaniladi: nam va quruq.
Havoda qotadigan ohak. Havoi qurilish ohagi – bog‘lovchi modda bo‘lib, karbonat kalsiy (SaSO3) bo‘lgan tog‘ jinslarini bir tekis va uzluksiz kuydirish yo‘li bilan olinadi. Shundaylardan mel, ohaktosh sanaladi.
Havoyda qotadigan ohak olish uchun, asosan xom ashyo tarkibiga ko‘ra, 900
- 1200°C darajadagi temperaturada kuydirish talab qilinadi. Kuydirish quyidagi tenglamaga ko‘ra, uglekislыy gazni to‘liq yo‘qotguncha amalga oshiriladi:
CaCO3=CaO+CO2
Ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo turli konstruksiyali pechlarda: shaxtali, aylanuvchi, siklon – aylanma, shuningdek harakatlanuvchi aglomeratsion reshyotkalarda kuydiriladi.
Havoda qotadigan ohakning asosiy komponenti bu kalsiy oksididir (CaO). Tarkibida deyarli xar doim magniy oksidi (MgO) bo‘ladi. Magniy oksidining mavjudligiga qarab kam magneziyali (5%), magneziyali (5–20%) va dolomitli (20–40%) bo‘ladi. Magniy oksidining mavjudligi ohakning so‘nish tezligini pasaytiradi.
Ohak so‘nish tezligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • tez so‘nuvchi – 8 mindan kam tezlikda so‘nadi;

  • o‘rtacha so‘nuvchi – 25 mindan oshmagan tezlikda so‘nadi;

  • sekin so‘nuvchi – 25 mindan kam bo‘lmagan tezlikda so‘nadi.

Ishlab chiqarishning soddalashtirilgan texnologik jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.

Karbonatli jins
(CaCO3) (ohak, mel) 75 – 78%




Loy – tuproq jins
(loy, slansli toproq) 20 – 25%




Qo‘shimchalar
1 – 2 %





Portlandsement klinkerlar

QMQ 9179 – 77 ga ko‘ra, qurilish havoda qotadigan uchta navga bo‘linadi – so‘ndirilmagan ohak va ikkita nav so‘ndirilgan ohak. Tarkibidagi SaO+MgO faollar (quruq modda hisobida) so‘ndirilmagan ohak uchun qo‘shimchalarsiz 1, 2 va 3 navlar uchun mos ravishda 90, 80 va 70%, qo‘shimchali so‘ndirilmagan


ohakning 1 va 2 navlari uchun 65 va 55% bo‘lishi lozim.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling