Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Mavzu: Quruq qurilish qorishmalari tayyorlash uchun materiallar Reja
Nazorat savollar:Pardozlash ishlariga nimalar kiradi? Quruq qurilish qorishmalarining turlarini aytib bering. Xom ashyosiga ko‘ra quruq qorishmalar qanday turlarga bo‘linadi? Quruq qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida nimalar ishlatiladi? Qurilish qorishma deb nimaga aytiladi? Qо‘llanilishiga kо‘ra qorishmalar nechta turga bо‘linadi? Betonning qanday turlarini bilasiz? Qorishma tarkibida tо‘ldiruvchilar necha foizni tashkil etadi? Foydalanilgan adabiyotlarAkramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, Toshkent-2013 yil. Mavzu: Quruq qurilish qorishmalari tayyorlash uchun materiallar Reja:Bog‘lovchi moddalar va ularning turlari. Noorganik va organik bog‘lovchi moddalar. Portlandsement ishlab chiqarish usullari. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Tayanch so‘z va iboralar: maxsus bog‘lovchi, organik bog‘lovchi, noorganik bog‘lovchi, mineral kukun, qurilish gipsi, shlakli gips, Yuqori chidamli gips. Bog‘lovchi moddalar deb, qayta ishlovning ma’lum bosqichida yopishqoq – plastik xususiyatga egabo‘lib, sochiluvchan massalar (mineral kukunlar, mayda va yirik donli materiallar – qum, shag‘al, toshlar va x.k.)ni bir-biriga bog‘lab, sekin- asta qattiq holatga o‘tuvchi materiallarga aytiladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Noorganik (mineral) bog‘lovchi moddalar (gips, qurilish ohagi, portlandsement va boshqalar); Organik bog‘lovchi moddalar (bitum, degot, polimer bog‘lovchilar). Shtukaturka qorishmalarini olish uchun noorganik bog‘lovchi moddalar ishlatiladi: portlandsement va shlakoportlandsement, ularning markasi qorishma markasidan 3 – 4 marta ko‘proqdir. Havosimon ohak ohaksimon xamir yoki kukun holida ishlatilishi mumkin, kamdan-kam hollarda maydalangan so‘ndirilmagan ohak ishlatiladi. Bundan tashqari, gipsli bog‘lovchili qorishmalar ham ishlatiladi. Ular mexanik chidamliligi bo‘yicha sementli qorishmalarga yaqinlashadi. Portlandsement va uning turlari markasi 25 va undan Yuqori bo‘lgan qorishma uchun tavsiya qilinadi. Ohakli va uning asosidagi aralash bog‘lovchilar markasi 10 va undan Yuqori markali qorishmalar uchun ishlatiladi. Qorishma markasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sementlar 60% dan ko‘p namlikda ishlatishga mo‘ljallangan qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling