Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 3.31 Mb.
bet13/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011.

  2. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012.

  3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, Toshkent-2013 yil.



  1. Mavzu: Maydalash jarayonida aktiv mineral qo‘shimchalar Reja:


    1. Aktiv mineral qo‘shimchalar. Ularning turlari. Tarkibi.

    2. Aktiv mineral qo‘shimchalarni qo‘llash.

    3. Sulfat - spirtli barda, modifitsiyalangan texnik lignosulfonatning ishlatish sohalari.

Tayanch so‘z va iboralar: vulqonsimon tog‘ jinslari, cho‘kma tog‘ jinslari, glinitlar, semyankalar, (kuydirilgan tuproqlar), kremnezyom –chiqindilari (oq saja) nordon kullar, donador domna shlaklari, belit shlami


I guruh. Maydalash jarayonida faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilgan


sementlar.
Faol mineral qo‘shimchalar (FMQ) tabiiy yoki sun’iy modda bo‘lib, ular maydalangan holda:

  • mustaqil qotmaydi;

  • havoli ohak bilan aralashganda, unga qotish hususiyatini beradi;

  • portlandsement bilan aralashganda, sement toshning oddiy va minerallashgan suvlardagi chidamliligini oshiradi.

FMQ ga tabiiy va sun’iy materiallar kiradi:

  • tabiiy: vulqonsimon (kul, trassa, tuflar) va cho‘kma (diatomit, trepel, opokalar) tog‘ jinslari;

  • sun’iy: glinitlar, semyankalar, (kuydirilgan tuproqlar), kremnezyom –chiqindilari (oq saja) nordon kullar, donador domna shlaklari, belit shlami (alyuminiy, soda ishlab chiqarish chiqindilari).

Portlandsementga faol mineral qo‘shimchalar qo‘shilganda, sement toshining suvga chidamliligi va korroziyaga chidamliligi oshadi. Faol mineral qo‘shimchali sementlarning turlari:

  • faol mineral qo‘shimchali portlandsement: PS D5 – 5%dan oshmagan qo‘shimchali, PS D20 – 20%dan oshmagan qo‘shimchali.

Ko‘pgina qurilish qorishmalari va quruq qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
- putssolan portlandsement (PPS) – 20 dan Yuqori va 40% gacha qo‘shimchali. Er osti va suv ostidagi konstruksiyalar betoni uchun, beton panellar va yirik bloklar montaji uchun mo‘ljallangan qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi;
- shlakoportlandsement (SHPS) – 20dan Yuqori va 80% gacha shlak qo‘shimchali. SHPS ulkan beton va temir beton konstruksiyalarini tayyorlash uchun, hamda qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun ishlatiladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling