Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Mavzu: Qorishmalarni turli asboblar bilan surkash usullari va texnologiyalari


Download 3.31 Mb.
bet21/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Mavzu: Qorishmalarni turli asboblar bilan surkash usullari va texnologiyalari


Reja:

  1. Qorishmani yuzaga surkash.

  2. Quyuq qorishmani surkashda ishlatiladigan uskunalar.

  3. Devor va shiftlarga qorishma surkash usullari va texnologiyalari.

Qorishmani turli asboblar bilan surkash va tekislash usullari


Qorishmani yuzaga yupqa va qalin qilib surkash mumkin. Quyuq qorishmani surkashda asbobni qattiq bosish kerak, aks holda suvoq qatlami qorishmani chaplagandagiga qaraganda nozikroq va juda ko‘p ichki bo‘shliqlari bo‘ladi. SHuning uchun ma’lum quyuqlikdagi qorishma ishlatish kerak. Qorishmani sokol, kurakcha, andava va xokandozlar bilan surkaladi. Qorishmani sokol bilan surkash. Devor va shiftlarga qorishma chaplashning eng ko‘p tarkalgan usuli sokol bilan surkashdir. Faqat qorasuvoq va pardozsuvoq qatlamlarigina surkaladi, sepma qatlam chaplanadi. Qorishmani surkashda o‘ng qo‘lga kurakcha, chap qo‘lga qorishma solingan sokol olinadi. Sokol suvaladigan yuzaga nisbatan quyidagicha yaqinlashtiriladi; uning bir tomoni yuzadan 50-100 mm berida, ikkinchi tomoni esa chaplanadigan suvoq qalinligicha berida tutiladi. Qorishmani etarlicha bosish uchun sokolni yuzaga kurakchaning uchi bilan bosiladi, kurakchaning uchi bunda shponkaga tiraladi. Sokol surila borishi bilan qorishma yuzaga surkala boradi, sokolning ko‘tarilgan tomoni esa borgan sari yuzaga bosila boradi. Kurakcha bilan sokolni bir tekis bosish kerak, shunda tekis yuza hosil bo‘ladi. YUzaga qorishma surkashda sokol pastdan Yuqoriga qaratib suriladi.
Qorishmani kurakcha bilan surkash.
Qorishma kurakchalar bilan asosan, to‘r tutilgan yuzalarga surkaladi. Sokol, cho‘mich yoki sokolga qorishma solinib, keyin uni suvaladigan yuzaga kurakcha bilan surkaladi. Qorishma yo vertikal yo‘nalishda, yo gorizontal yo‘nalishda surkaladi.

Kompressorlar. Rezina shlanglar va po‘lat truboprovodlar.


Forsunkalar.
Siqilgan havo olish uchun porshenli va rotatsion kompressorlardan foydalaniladi. Suvoqchilik ishlarida SO-2, SO-7, SO-62 va boshqa markadagi porshenli kompressorlardan foydalaniladi.
Kompressor qurilmasi kompressorning o‘zi, suv-yog‘ ajratgich, havo to‘plagich, bosim regulyatori va elektr dvigateldan iborat. Kompressorning silindrlarida havo filtrlari va klapanlari orqali so‘rib olinadi. Siqilgan havo
kompressordan dastlab suv-yog‘ ajratgichga, keyin esa filtratsiyaga – suvning filtrlanmagan zarralari va yog‘ tubiga tushadigan havo to‘plagichga boradi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling