Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Elimli quruq qorishmalari
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
Elimli quruq qorishmalariElimli quruq qorishmalarni bog‘lovchi turiga ko‘ra gipsli va sementli bo‘lish mumkin. KNAUF-Perlfiks montaj gipsli elim (14-rasm) juda xaridorbop u devorlar oblitsovkasini o‘rnatishda gipskarton listlarni issiklik va tovush izolyasion materiallarni sendvich panellari avvaldan mos gruntovkalar bilan qayta ishlangan ixtiyoriy devor yuzalariga elimlash uchun ishlatiladi. YUza noteksligi 20 mm dan oshmasligi kerak. Quruq elimli qorishmaning 1m2 ga o‘rtacha sarfi 5kg ga teng. KNAUF-perlfiks 30kg li qoplarda joylashtiriladi. Saqlash muddati 6 oy. Montaj qorishmaning ish davomiyligi 30 daqiqa. Sementli elim aralashmalarga KNAUF-Fleks (4.5-rasm) va KNAUF- Flizenlar (6.6-rasm) kiradi,ular ichki va tashqi ishlarda, keramik va mozaikali plitkalarni elimlash uchun mo‘ljallangan. KNAUF-Fleks elim beton asoslarga nisbatan Yuqori adgeziyaga (1MPa). YUkori elastiklikka ega. Uni natural toshning qalinligi 15 mm gacha bo‘lgan plitkalarini yopishtirish uchun ishlatish mumkin, bunda toshning orqa tomoni avvaldan “betonkontakt” gruntovka bilan qayta ishlanadi. Bu elimlar 5 va 25kg li qoplarga joylashtiriladi, quruq xonada saqlash muddati 1oy. rasm.KNAUF-Perfiks gipsli montaj elimi. Bunga qarshi marmar plitkalar, hamda shaffof va yarim shaffof plita materiallarini KNAUF-mramor (15v-rasm) elimi bilan yopishtirish kerak (15- rasm). Bu oq sement asosidagi quruq aralashma. Elim tez quruvchan-6 soatdan keyin qotadi. U qori adgeziyaga ega. Eski plitkani, isitgichli pollarni tashqi- terrasalarni yopishtirish uchun ishlatish mumkin. Buning uchun elimga KNAUF- kleber-o‘ng bedon elast elastik qo‘shimcha qo‘shiladi. Kuchli yuklanishli pollar uchun elimlashning “aralash usuli”ni, yani ham polga, ham plitkaga elim surtishni qo‘llash mumkin. Elim tuz qotganligi sababli, uning yaroqliligini kuzatish zarur. - Agarda elim yuzasida kuriyotgan plenka (qo‘l bilan ushlab quriladi) hosil bo‘lsa, elimni olib tashlab, yangisini surkash zarur. rasm. KNAUF sementli elim aralashmalari: A-Flizen ; b-Fleks; v-marmar. KNAUF-Flizen (15a-rasm) va fleks (15b-rasm) elimlari qorishmaning uzoq muddatli yaroqliliga ega (5 soatgacha) qorishma yaroqliliga suv temperaturasi ham tasir ko‘rsatadi. Temperatura qancha Yuqori bo‘lsa, elim yaroqliligigi shuncha kam bo‘ladi. Plitkalarni +5 dan +25 s gacha bo‘lgan temperaturada yopishtirish mumkin. Yopishtirilayotgan plitkaga quyosh nurlarning tushishi maqsadga muvofiq emas. “issiq” pollarni yoqish ham mumkin emas. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling