Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Kichik guruhlarda ishlash qoidalari


Download 3.31 Mb.
bet32/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:


  • Xar kim uz urtoklarini tinglashi, xurmat bildirishi kerak.

  • xar kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan karagan xolda ishlashi kerak.

  • xar kim zarur xolda yordam surashi lozim.

  • xar kim undan yordam suralganda albatta yordam berishi kerak.

  • xar kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq


To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.


  1. guruh uchun topshiriq


Qo‘llanilgan bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi.
  1. guruh uchun topshiriq


Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi.

Nazorat savollar:


  1. Fanning maqsad va vazifasi.

  2. Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni.



2-AMALIY MASHG’ULOT: PARDOZLASH ISHLARIDA SUVOQCHILIK ISHLARI


Pardozlash materiallari juda xilma-xil va turlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, suvoq ishlari, ayniqsa, g‘ishtin binolar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Suvoq-binoga pardoz berishning eng ko‘p tarqalgan turi. YUzaga chaplangan suvoq qorishmasi qotgach, qattiq qatlam–suvoq hosil qiladi. Suvoq binoning issig‘ini saqlash, ovoz izolyasiyasini yaxshilash, binoni to‘la yoki qisman yonmaydigan qilish va uning yog‘och qismlarini chirishdan saqlash uchun zarur. Suvalgan xonalarni saranjom-sarishta saqlash osonlashadi, chunki bu xonalarni oqlash yoki gulqog‘oz yopishtirish mumkin.
Isitish asboblari va ochiq quvurlarni montaj qilishdan oldin, g‘isht devorlarda bu asboblar uchun qoldirilgan o‘yiq joylar suvaladi.
Ichki suvoq va boshqa pardozlash ishlari ko‘p qavatli binolarda Yuqori qavatlardan boshlab bajarilishi kerak, lekin ishlarni tezlashtirish maqsadida ularni tom yopilguniga qadar binoning pastki qavatlaridan boshlab bajarilishiga ruxsat etiladi, lekin bunda pardozlanayotgan xonalarning ustida kamida ikkita qavatning orayopmasi montaj qilingan bo‘lishi shart.
YOg‘ochdan yo‘nib qurilgan uylar to‘la cho‘kkanidan keyin, kamida bir yildan keyin suvaladi. Standart detallardan qurilgan va bikr asosga o‘rnatilgan sinchli hamda shchitli yog‘och uylarni bino yig‘ib bo‘linib, tomi yopilganidan keyin suvashga ruxsat beriladi.
Gips qoplamalar bilan qoplashga ho‘l suvoq qilingan davrdagidek ruxsat beriladi, lekin bunda havoning namligi ish sharoitida 60% dan oshib ketmasligi shart.
YUzalarni keramik plitalar bilan koshinlash suvash bilan birga yoki bir oz keyinroq bajariladi.
Ichki pardozlash ishlari, shu jumladan suvoq, toza pol yotqizishdan oldin bajarilishi lozim, lekin ulardan oldin pardevorlar, deraza va eshik kesakilari, devor ichiga qurilidigan mebel o‘rnatilgan bo‘lishi, ichki suv o‘tkazgich quvurlar, kanalizatsiya va isitish sistemalari montaj qilingan va zarur bo‘lsa, yashirin elektr simlari uchun trubkalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Agar yuzalar quruq suvoq qoplamalari bilan koshinlanadigan bo‘lsa, Yuqoridagi ishlardan tashqari, parket va linoleum yotqiziladigan asosni tayyorlash ishlari tugallangan bo‘lishi, shuningdek isitish asboblari va boshqa asboblar turadigan ayrim joylar suvalgan bo‘lishi lozim. Koshinlanadigan konstruksiyalarda qilinadigan kanal hamda teshiklar va ularga turli qurilmalar oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Suvoqdan so‘ng, uni quritgach linoleum yoki parket yotqiziladigan pol asosini tayyorlashga kirishiladi. Bunda avval asos qorishma, loy hamda changdan tozalanadi, so‘ng boshqa nuqsonlar bartaraf qilinadi va pol asosi gruntovkalanadi (2.1-rasm). Ovoz o‘tkazmasligini yaxshilash uchun polga yog‘och tolali plitalar ikki qavat qilib elimlanadi. Elimlash grutovkalangan polga bitum mastikalar bilan bajariladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling