Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Fanni o’tishda foydalaniladigan texnik vositalar
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG‘ULOT: PARDOZLASH ISHLARIDA QURUQ QURILISH QORISHMALARI VA KLASSIFIKATSIYASI
Fanni o’tishda foydalaniladigan texnik vositalar:“Pardozlash ishlarida quruq qurulish qorishmalari” fanini o’tishda quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi: Kompyuter Ko’rgazmali qurol Proektor Slaydlar Elektron darslik Tarqatma material “Pardozlash ishlarida quruq qurulish qorishmalari” fanidan o’tiladigan amaliy mashg’ulotlarning taxminiy mavzulari 1-semestr
AMALIY MASHG‘ULOT: PARDOZLASH ISHLARIDA QURUQ QURILISH QORISHMALARI VA KLASSIFIKATSIYASIBog‘lovchi, mayda to‘ldiruvchi, suv va qo‘shimchalarning ratsional miqdorda olingan qorishmaning qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materiallari qurilish qorishmalari deyiladi. Qotguncha bu qorishmalarqorishma deyiladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi: Terma – g‘ishtli, butovoy toshli va boshqa elementli tosh konstruksiyalarni terish uchun; Bezakli (shtukaturka) – elementlarni ichki va tashqi tayyor yig‘ma konstruksiya va detalli bino va inshootlar montajda yirik elementlar (panellar, bloklar va x. k.) orasidagi choklarni to‘ldirish uchun; Maxsus – gidroizolyasion, akustik, tamponyajli va boshqalar. Qurilish qorishmalarini qo‘llashning asosiy afzalligi shundaki, uni g‘adir – budir asosga – g‘isht, g‘adir – budir betonga yupqa qatlam qilib, maxsus mexanik qayta ishlovsiz qo‘llash mumkin. Quriq qurilish qorishmalari QMQ 31189 – 2003 bo‘yicha klassifikachiyalanadi: asosiy qo‘llanilishi, ishlatilgan bog‘lovchisi, to‘ldiruvchilar yirikligiga ko‘ra. Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi: tekislovchi (surtish usuliga ko‘ra, shtukaturka va shpaklevka turlariga bo‘linadi); yuzaki (elimli va chokli); polga (suritish usuliga ko‘ra tekislovchi va etakchi; uskuna texnologiyasiga ko‘ra, zichlovchi, o‘z – o‘zidan zichlovchi va suritma); ta’mirbop (yuzaki va il’eksion); himoyalovchi (ingibir, sanir, biotsid, olovga chidamli, korroziya – himoyali sovuqqa chidamli, radiatsion - himoyali); terma; montajli; bezakli; gidroizolyasion (yuzaki va ichki (in’eksion, kopillyar)); issiqlik – izolyasion; gruntovkali; Qo‘llanilgan bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi; sementli; ohiklik; gipsli; polimer; murakkab. To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: beton; qorishma; dispers. 1.2. Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun materiallar Qayta ishlovning ma’lum bosqichida yopishqoq – plastik xususiyatga ega, hamda sochiluvchan massalar (mineral kukunlar, mayda va yirik donli materiallar – qum, shag‘al, toshlarva x. k.) ni bir – biriga bog‘lash xususiga ega va sekin – asta qattiq xolatga o‘tuvchi materiallar – bog‘lovchi moddalar deyiladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Noorganik (mineral) bog‘lovchi moddalar (gips, qurilish oxagi, portlandsement va boshqalar); Organik bog‘lovchi moddalar (bitum, degot, polimer bog‘lovchilar). SHtukaturka qorishmalarini olish uchun noorganik bog‘lovchi moddalar ishlatiladi: portlandsement va shlakoportlandsement, ularning markasi qorishma markasidan 3 – 4 marta ko‘proqdir. Havosimon ohak. Ohaksimon xamir yoki kukun tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, gipsli bog‘lovchili qorishmalar ham ishlatiladi. Ular mexanik chidamliligi bo‘yicha sementli qorishmalarga yaqinlashadi. Portlandsement va uning turlari 25 va undan Yuqori markali qorishma uchun tavsiya qilinadi. Uning asosidagi ohakli va aralash bog‘lovchilar 10 va undan Yuqori markali qorishmalar uchun ishlatiladi. Qorishma markasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sementlar 60% dan ko‘p namlikda ishlatishga mo‘ljallangan qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi. Gips: tarkibi, xususiyati, qo‘llanilishi. Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchilar QMQ 125 – 79 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak. Gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom – ashyo bu tog‘ jinslaridir, tarkibida mineral gips mavjud bo‘lishi kerak. Gips – bu mineral tog‘ jinsi bo‘lib,ikkilamchi kalsiy sulfiydir: CaSO4•2H2O. Кластер усулида мавзу бўйича маълум бўлган тушунчаларни фаоллаштиради. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling