Qurilish materiallari va konstruksiyalari


О‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о‘rni


Download 3.31 Mb.
bet44/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

О‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о‘rni.


Ushbu fan pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmasiga oid masalalar, bog‘lovchi moddalar, tо‘ldiruvchilar, qurilish qorishmalari haqidagi ilmning rivojlanishi, quruq qurilish qorishmalarining О‘zbekiston va chet ellarda turli sohada qо‘llash, qurilish industriyasining rivojlanishi bugungi kunda qurilishda qurilish qorishmalarining yangi tarkiblarini yaratishni, hozirgi kundagi holatini о‘zlashtirish, qurilish qorishma xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar, quruq qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot va qо‘yiladigan talablari jarayonning о‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
“Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari” fani tanlov fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 1 kursda о‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, о‘z rivojida aniq yо‘nalishdagi fanlar uchun zamin bо‘lib xizmat qiladi.


    1. О‘quv fanning maqsad va vazifasi.


Fanni о‘qitishdan maqsad – magistrlarda qurilish materiallarini yaratilishini umumiy prinsiplarini; pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalarni tarkibi va xususiyatini; quruq qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish usullari va qо‘llanilish sohalarini о‘rganish bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv, hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bо‘yicha talabalarning bilimi, kо‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qо‘yiladi.

Magistr:


“Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari” fanini о‘zlashtirish jarayonida magistr:

  • quruq qurilish qorishmalari tarkibi;

  • quruq qurilish qorishmalarini rivojlanish bosqichlari;

  • quruq qurilish qorishmalarining turlari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishi;

  • quruq qurilish qorishmalarini klassifikatsiyasini;

  • qurilish qorishmalarini xossalarini;

  • pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun materiallarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • quruq qurilish qorishmalari uchun talablarni о‘rganish;

  • quruq qurilish qorishmalari tayyorlash talablari;

  • qurilish qorishmalari me’yoriy xujjatlari bо‘yicha kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.


    1. Download 3.31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling