Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Download 3.31 Mb.
bet9/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Silikat betonlar ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi.
Gips betonlar, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz elementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipssement –
pussolanli betonlar suvga о‘ta chidamliligi uchun qо‘llash kо‘lami ancha keng (sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruksiyalari va boshqalar).
Shlakishqorli betonlar endigina qurilishda qо‘llanila boshlandi. Bunday betonlardagi bog‘lovchi о‘rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan aralashmasidan foydalaniladi.
Betonpolimerlar asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus qо‘shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli polimer bog‘lovchilardan (poliefirli, epoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday betonlar agressiv muhit va о‘ta о‘tkir ta’sirga ega bо‘lgan (ishqalanish, kavitatsiya va b.) sharoitlarda qо‘llash juda о‘rinli. Betonlar aralash bog‘lovchilar, sement va polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni polimersement deb ataladi. Polimer sifatida suvda eriydigan smola va latekslardan foydalaniladi. Noorganik bog‘lovchilardan tayyorlangan betonlar xususiyatini g‘ovaklar va kapillyarda qotuvchi monomerlarni shimdirish bilan yaxshilash mumkin. Bu tarkibdagi betonlar betonpolimer deb ataladi.
Maxsus betonlar alohida bog‘lovchi moddalarni qо‘llash bilan tayyorlanadi. Masalan: ishqor ta’siriga va issiqqa chidamli betonlar uchun kremneftor natriyli suyuq shisha, fosfat bog‘lovchi qо‘llaniladi. Ba’zi bir betonlar uchun betonga maxsus xususiyat beradigan maxsus bog‘lovchi moddadan foydalaniladi. Sanoat chiqindilaridan olinadigan betonlar atrof-muhitni muxofazalash va sement iqtisodida alohida ahamiyatga egadir. Maxsus bog‘lovchi sifatida ularda shisha ishqorli, nefelinli shlaklar va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
Yig‘ma temir-beton zavodlarida tayyorlangan betonlar turli xil konstruksiyalar uchun qо‘llaniladi. Bevosita konstruksiyani qurilayotgan joyining о‘zida tayyorlanadigan beton – monolit beton deb ataladi (gidrotexnik, yо‘l qurilish va boshqa turdagi qurilishlarda).
Betonlar qо‘llanishiga kо‘ra farqlanadi: temir-beton konstruksiyalari uchun oddiy beton (fundament, kolonna, balka, devor, kо‘prik va boshqa turdagi konstruksiyalar); gidrotexnik betonlar suv omborlari, tо‘g‘on, shlyuz, kanal sirtlarini qoplash, suv quvirlari vodoprovod–kanalizatsiya inshootlari va boshqalar;
tо‘suvchi konstruksiyalar (bino devorlari uchun yengil beton); pol, piyodalar yо‘lkasi, avto yо‘l, aerodromda uchish polosalari uchun mо‘ljallangan betonlar; maxsus maqsadda qо‘llaniladigan beton (о‘tga, kislotaga chidamli, radiatsiyadan himoya) va boshqalar.
Belgilangan maqsadiga qarab betonlar qо‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. Oddiy temir-beton konstruksiyalar uchun mо‘ljallangan betonlar siqilganda kerakli mustahkamlikka ega bо‘lishi kerak. Ochiq havodagi konstruksiyalar uchun esa, mustahkamlikdan tashqari sovuqqa chidamli ham bо‘lishi kerak. Gidrotexnik inshootlar uchun qо‘llaniladigan betonlar Yuqori zichlikka, suv о‘tkazmaydigan, sovuqqa chidamli, yetarli darajada mustahkam, kam kirishadigan, filtrlanadigan suvning ishqorli ta’siriga chidamli bо‘lishi kerak. Isitiladigan binolarni devori uchun ishlatiladigan beton mustahkamlik bilan birga issiq о‘tkazmaslik, pol uchun ishlatiladigan betonlar yedirilmaydigan va egilishda yetarli mustahkamlikka ega bо‘lishi, yо‘l va aerodromga yotqiziladigan betonlar bu xususiyatlardan tashqari sovuqqa chidamli ham bо‘lishi kerak.
Maxsus mо‘ljallangan betonlarga esa talab qilingan xizmatdagi vazifasini bajarish sharti qо‘yiladi. Beton va beton qorishmalariga qо‘yiladigan talablar quyidagicha: beton qotgunga qadar oson quyiladigan, transportga qulay ortiladigan, oson qortadigan, qolipga bir tekisda joylashadigan, qatlamlarga ajralib qolmaydigan, qolipdan kо‘chirilishi va konstruksiya yoki inshootda ishlatilishi oson bо‘lishi uchun ma’lum darajada qotish tezligi kerakli muddatda bо‘lishi, sement sarfi va beton narxi iloji boricha kamaytirilishi va boshqalar.
Qо‘yilgan talablarning barchasiga javob beradigan betonni olish uchun beton tarkibini tо‘g‘ri loyihalash, beton qorishmasini yoyish va zichlashtirishda tegishli tayyorlov ishlarini tо‘g‘ri olib borish va uning boshlang‘ich qotish davrida tо‘g‘ri tutib turish zarur bо‘ladi.
Agar konstruksiya turi va xususiyatiga bog‘liq holda beton turi va xususiyati talab etilsa, beton qorishmaga bо‘ladigan talab tayyorlanadigan konstruksiya sharoitiga, texnologik xususiyatiga (armaturalashning zichligi, qolip shaklining murakkabligi) va qо‘llanadigan jihozlarga qarab aniqlanadi.
Beton va temir-beton va konstruksiyalar tayyorlashning о‘ziga xos xususiyati shundaki, olinadigan materialning sifatini oldindan bilib bо‘lmaydi. Betonga qо‘yilgan talablar asosidagi zaruriy xususiyatlarini konstruksiyani qurish jarayonida namoyon qiladi. Bunda, materialni tо‘g‘ri tanlash, qabul qilingan texnologiya bо‘yicha konstruksiyaning tayyorlanishi uchun beton tarkibi loyihasini tо‘g‘ri tashkil etish, texnologik tartibga rioya qilish, jarayonlar bо‘yicha ishlab chiqarishni nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Betonlar sun’iy tosh konglomerat (kо‘p jinsli tabiiy tosh) turqumiga kiradi. Bu turqum kompozitsion materiallar turiga mansub bо‘lganligi sababli turli betonlar uchun tegishli bо‘lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir qatorda umumiy qonuniyatlarga ham bо‘ysunadi. Beton soxasida olib borilayotgan zamonaviy texnologik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar betonning tarkibi va tuzilishini uning xususiyatlari bilan о‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu bog‘liqliklar betonning fizikaviy-kimyoviy tabiatini, aksariyat kо‘proq tajribaviy usulda olingan tabiatini hisobga oladi. Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab kо‘riladi va zarurat bо‘lganda aniq hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma’lum vaqt о‘tishi va ekspluatatsiya jarayonida uning xususiyati sezilarli darajada о‘zgarishi mumkin. Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi qoliplashini boshqaruvchi qonuniyatlar tabiatini chuqur о‘rganish uni turli maqsadlardagi qurilish konstruksiyalaridan samarali hamda unumli foydalanishni ta’minlashi mumkin.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling