Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Binolarni pardozlash turlari


Download 3.31 Mb.
bet7/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Binolarni pardozlash turlari


Bino qurish ma’lum tartibda bajariladigan kompleks ishlardan iborat. Dastavval er ishlari bajarilib, poydevor va sokol qismi qurilib, orayopma yotqizilib, binoning er osti qismi tiklanadi-nolinchi sikl. Ayni bir vaqtda er osti kommunikatsiyalari: sovuq va issiq suv quvurlari, isitish, kanalizatsiya, gaz quvurlari, telefon kabeli, elektr kabeli va h. k. yotqiziladi. Nolinchi siklni bajarib bo‘lib, binoning er usti qismini tiklashga kirishiladi; devorlar tiklanadi, qavatlararo va chordoq yopma yotqiziladi, zina, pardevorlar, tom quriladi, lift o‘rnatiladi va boshqalar. Qurilish quyidagi tartibda olib boriladi: har qaysi qavatda avval devorlar zinalar bilan birga tiklanadi, so‘ngra qavat ustidagi ora yopma yotqiziladi. Sinch konstruksiyali binolarda avval sinch montaj qilinib, so‘ngra devorlar o‘rnatiladi.
Tom yopish binolarning er usti qismini qurishning yakunlovchi bosqichidir. Ish jarayonida isitish, shamollatish, sanitariya-texnika uskunalarini montaj qilish,
elektr simlari, deraza va eshik bloklarini o‘rnatish ishlari ham qo‘shib olib boriladi. Panellarga deraza bloklar zavodda o‘rnatiladi. Devorlar g‘isht, yirik blok yoki quyma betondan qurilganda deraza va eshik bloklari yo har bir qavatni qurib bo‘lgandan keyin, yo bo‘lmasa binoni qurib bo‘lgandan keyin o‘rnatiladi.
Bino sirtini pardozlashda suvoq, marmar, granit, keramika, manzarali g‘isht, manzarali rasmlar, shisha va boshqalar ishlatiladi. Ichini (intererni) pardozlashda ekstererda ishlatiladigan materiallar bilan bir qatorda, gulqog‘oz, linoleum, plitka, parket, duradgorlik materiallari ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda devor va pollarni pardozlash uchun alohida plita, list, polotno ko‘rinishidagi turli sintetik materiallar (plastmassalar) keng ishlatmoqda. Masalan, taxta va parket pollar o‘rniga linoleum, plastikat plitkalar keng ishlatimoqda, ularning o‘lchami parketnikidan 3-5 marta, parket maydaroq bo‘lganda esa 20 marta katta. Bu narsalarning hammasi mehnat unumini oshiradi, qurilish xarajatini kamaytiradi. Odatdagi oddiy gulqog‘ozlar o‘rniga yuviladigan gulqog‘ozlar ishlatiladigan bo‘ldi, ular pokiza va qulay, chunki yuvilganda rangi va pishiqligi o‘zgarmaydi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling