Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
rasm. Keng nomenklaturadagi quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarishning texnologik sxemasi (Bajenov Y.M. va boshq.):
1 - qum ombori; 2 - tasmali konveyerlar tizimi; 3 - ta’minlagich; 4 - quritish barabani; 5 - vibroyelaklar; 6 - qum fraksiyalari uchun bunkerlar tizimi; 7 - ta’minlagichlar; 8 - bog‘lovchilar, mineral tо‘ldirgichlar dozatorlari; 9 - bog‘lovchi moddalar bunkerlari; 10 - parrakli konveyer; 11 - mineral tо‘ldirgichlar bunkerlari; 12 - chang ushlab qolish tizimi; 13 - quritish barabani; 14 - mineral tо‘ldirgichlar ombori; 15 - mineral tо‘ldirgichlar oraliq bunkeri; 16 - maydalagich; 17 - oraliq bunker; 18 - elevator; 19 - parrakli konveyer; 20 - quruq qorishmalarni aralashtirgich; 21 - quruq qorishma bunkeri; 22 - ta’minlagich; 23 - qadoqlash qurilmasi; 24 - kimyoviy qо‘shimchalar bunkeri; 25 - kimyoviy qо‘shimchalar dozatori; 26 - qopga solingan quruq qorishmalar uchun transporter; 27 - quruq qorishma ombori; 28 - quruq qorishmalar uchun silos tipidagi ombori. Keltirilgan о‘lchamlardan mayda va yirik fraksiyalar ajratib olinib qayta ishlashga yoki otvalga jо‘natiladi. Qumning tayyor fraksiyalari metalldan yasalgan siloslarga (6) yuborilib, har bir fraksiya alohida saqlanadi. Joyida tayyorlanadigan mayda mineral tо‘ldirgichlar foydalanishdan avval bir necha texnologik operatsiyalardan о‘tadi: saqlash (14), maydalash (16), oraliq bunkerlarda (11,17) sqalash, uzatish (elevatorlarda) (18), mayin qilib tuyish (13), о‘lchash (8). Mineral bog‘lovchilar oraliq bunkerlar yoki ombordan bunkerlarga (8), kimyoviy qо‘shimchalar esa aralashtirish bо‘limining bunkeriga (24) uzatiladi. Quruq qurilish qorishmalar tayyorlash zavodlarining aralashtirish bо‘limlari berilgan programma bо‘yicha ishlaydigan komponentlarni avtomatik ravishda о‘lchash tizimlari balan ta’minlangan. Kompyuterlarning ma’lumotlar bankida quruq qurilish qorishmalarining juda kо‘p retseptlari saqlanishi mumkin. Komponentlarni aralashtirish vallari vertikal holda joylashtirilgan germetik yopiq betonqorgichda (20) amalga oshiriladi. Aralashtirish vaqti quruq qorishmalarning tarkibiga bog‘liq bо‘lib, 60 dan 180 sekundgacha amalga oshiriladi. Tayyor aralashma oraliq bunkerga (21) kelib tushadi, undan sо‘ng transporterlar tizimi orqali qadoqlash mashinasiga (23) uzatiladi. Quruq qorishmalar qadoqlash mashinasi yordamida avtomatik ravishda kerakli vaznda (20, 30 yoki 40 kg) tortilib qog‘oz qoplarga joylanadi. Yana shu yerda tayyor mahsulotni 2, 3, 5 yoki 8 kg dan qilib poliyetilen qopchalarga ham joylash kо‘zda tutilgan. Quruq qorishma bilan tо‘ldirilgan tayyor qoplar yoki paketchalar manipulyator yordamida yog‘och taglikka yoki maxsus konteynerlarga (27) taxlanib tayyor mahsulot ombori yoki iste’molchiga jо‘natiladi. Nazorat savollar: Fanning maqsad va vazifasi. Fanni ishlab chiqarishdagi о‘rni. Respublikamizda beton tо‘ldiruvchilar ishlab chiqarishning rivojlanishi. G‘ovak tо‘ldiruvchilar turlari. Tо‘ldiruvchilar xom ashyosi. Quruq qurilish qorishmalari deb nimaga aytiladi? Quruq qurilish qorishmalari klassifikatsiyasini aytib bering? Quruq qurilish qorishmalari qanday komponentlardan tashkil topgan? Quruq qurilish qorishmalaridan nima maqsadlarda foydalaniladi? Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash texnologiyasi asosiy qanday jarayonlardan iborat? Quruq qurilish qorishmalarini О‘zbekistonda qaysi korxonalarda ishlab chiqariladi? Quruq qurilish qorishmalarining afzalliklari nimada? Foydalanilgan adabiyotlar Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, Toshkent-2013 yil. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling