Mavzu: Qurilishda pardozlash ishlari va quruq qurilish qorishamalarning klassifikatsiyasi
Reja:
Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish qorishmalari turlari.
Qurilish qorishmalarni qo‘llashning asosiy afzalliklari.
Tayanch so‘z va iboralar: maxsus gidroizolyasion, akustik, polimerli, montajli, himoyalovchi, shtukaturka, shpaklyovka.
Bog‘lovchi, mayda to‘ldiruvchi, suv va qo‘shimchalarning ratsional miqdorda olingan aralashmasining qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materiallari qurilish qorishmalari deyiladi. Bu aralashma qotguniga qadar qorishma aralashmasi deb ataladi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi:
Terma uchun – g‘ishtdan tosh konstruksiyasini, but toshini va boshqa elementlarni terish uchun;
Bezakli (bezakli) – elementlarning ichki va tashqi yuzasini suvash uchun;
Montajli-tayyor yig‘ma konstruksiya va detallardan tashkil topgan bino va inshootlarni montaj qilishda yirik elementlar (panellar, bloklar va hakozo) orasidagi choklarni to‘ldirish uchun; gfv
Maxsus – gidroizolyasion, akustik, tamponajli va boshqalar.
Qurilish qorishmalarini qo‘llashning asosiy afzalligi shundaki, uni g‘adir – budir asosga, ya’ni g‘isht, betonga yupqa qatlam qilib, maxsus mexanik qayta ishlovsiz qo‘llash mumkin.
Quruq qurilish qorishmalari QMQ 31189 – 2003 bo‘yicha klassifikatsiyalanadi: asosiy qo‘llanilishi, ishlatilgan bog‘lovchisi, to‘ldiruvchilar yirikligi.
Asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha qorishmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
tekislovchi (surtish usuliga ko‘ra, shtukaturka va shpaklevka turlariga bo‘linadi);
yuzaki (elimli va chokli);
polga (surtish usuliga ko‘ra tekislovchi va etakchi; uskuna texnologiyasiga ko‘ra, zichlovchi, o‘z – o‘zidan zichlovchi va suritma);
ta’mirbop (yuzaki va in’eksion);
himoyalovchi (ingibir, sanir, biotsid, olovga chidamli, korroziya
himoyali, sovuqqa chidamli, radiatsion - himoyali);
terma;
montajli;
bezakli;
gidroizolyasion (yuzaki va ichki (in’eksionli, kapillyarli));
issiqlik – izolyasion;
gruntovkali;
Qo‘llanilgan bog‘lovchiga ko‘ra, quruq qurilish qorishmalari quyidagilarga bo‘linadi;
sementli;
ohakli;
gipsli;
polimerli;
murakkab.
To‘ldiruvchi donalarining yirikligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
betonli;
qorishmali;
dispersli.
Do'stlaringiz bilan baham: |