Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 0.65 Mb.
|
Pardozbop 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13,1 million tonnaga
- 19 barobarga
- 4 barobarga
- 2019-yil 1-iyuldan boshlab
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi “Pardozbop qurilish materiallar texnologiyasi” fanidan Kurs loyiha ishi Mavzu:Yillik unumdorligi 300ming m3 bo’lgan mineral paxta ishlab chiqarish texnologiyasi Bajardi: __862-19_____ guruh talabasi: Hazratqulov Bobir Qabul qildi: Tilovov E Jizzax – 2022 Mundarija Kirish………………………………………………………..3 Buyum tavsifi……………………………………………….5 Texnologik qism……………………………………………9 Texnologik sxema…………………………………………..14 Hisob-kitob qismi…………………………………………...16 Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi…………………20 Ekologiya va atrof muxit muxofazasi……………………….21 Xulosa……………………………………………………….22 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………23 Kirish Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral- xom ashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida: Quyidagilar: a) 2019 — 2025-yillarda mahalliy xom ashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xom ashyo bazasini kengaytirish prognoz koʻrsatkichlari hamda 2019 — 2025-yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda: geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xom ashyo bazasi hajmlarini ohaktosh boʻyicha — 13,1 million tonnaga, gips toshi boʻyicha — 1,8 million tonnaga, loysimon komponentlar, gʻisht xom ashyosi, kvars qumi boʻyicha — 1 million tonnaga, koʻchgan togʻ jinslari (bazalt) boʻyicha — 0,1 million tonnaga, tosh-shagʻal materiallar boʻyicha — 5,6 million metr kubga;ishlab chiqarish hajmlarini oboylar boʻyicha — 47 barobardan ortiq hajmga, yigʻilgan parket panellari va plitalari boʻyicha — 19 barobarga, yogʻoch qirindili plitalar hamda yogʻoch va boshqa yogʻochbop materiallardan tayyorlangan plitalar boʻyicha — 15 barobarga, gazbeton bloklari boʻyicha — 7 barobarga, lok-boʻyoq materiallari hamda energiya va issiqlikni tejovchi float-texnologiya asosida ishlab chiqarilgan arxitektura-qurilish oynasi boʻyicha — 4 barobarga, bazaltdan tayyorlanadigan kompozit armatura boʻyicha — 3 barobarga va sement boʻyicha — 2 barobarga oshirish; b) xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning kreditlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan, 2019 — 2021-yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarning yigʻma koʻrsatkichlari hamda 2019 — 2021-yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarroʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 3 va 3.1-ilovalarga muvofiq; v) 2019-2020-yillarda qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — Kompleks chora-tadbirlar) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Kompleks chora-tadbirlarda koʻzda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. Belgilansinki: vazirlik va idoralar rahbarlari Kompleks chora-tadbirlarda koʻzda tutilgan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan maʼlumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradilar va ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi;Vazirlar Mahkamasi Kompleks chora-tadbirlarda koʻzda tutilgan vazifalarning ijrosi natijasi va samaradorligi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish holati boʻyicha hisobotlarini har chorakda eshitib borish amaliyotini joriy etsin. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi: a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturini shakllantirishda yangi konlarni aniqlash uchun noruda foydali qazilma boyliklari maydonlarini geologik oʻrganish ulushini 15 foizga oshirishni nazarda tutsin; b) bir oy muddatda noruda foydali qazilma boyliklar mavjud yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi boʻyicha litsenziyalar berish tartibini murojaatchilar zarur malakali mutaxassislarga ega boʻlishi haqidagi majburiy litsenziya talabini joriy etgan holda yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. v) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan qoʻshma chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin:mineral-xom ashyoni geologik oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni, sanoat va tajriba-sanoat shaklda qazish uchun berilgan konlarda konchilik ishlarini marksheyderlik va geologik taʼminlash;foydali qazilma boyliklarining selektiv tanloviga, foydali qazilma boyliklari joylashgan maydonlarda asossiz va oʻzboshimchalik bilan qurilmalar qurilishiga yoʻl qoʻymaslikka alohida ahamiyat qaratgan holda yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq litsenziya talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;mineral-xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilma boyliklarining meʼyordan ortiq yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligi holatlarini aniqlash;huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, shu jumladan, aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish orqali. ` 4. 2019-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: a) mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinayotgan mahsulotini sertifikatlashtirish boʻyicha xarajatlari “Oʻzstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi; b) tadbirkorlik subyektlarining soliqqa tortish bazasi besh yil davomida teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini oʻzlashtirish uchun zarur boʻladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Transport vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlarga muvofiq hisoblanadigan summadan ortiq boʻlmagan miqdorga kamaytiriladi; v) tegishli sinovlardan oʻtgan va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati berilgan qurilish materiallari qurilish ishlarida qoʻllanilishi mumkin; g) texnogen mineral hosilalarning turi yoki koʻrinishi, ularning miqdor va sifat koʻrsatkichlari hamda ularni saqlashning kon-texnikaviy shart-sharoitlarini tavsiflovchi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlariga ularning soʻroviga asosan bepul taqdim etiladi; d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: kredit summasidan qatʼi nazar, qurilish materiallari sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 2022-yil 1-iyulga qadar jalb qilinadigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan miqdorida, biroq 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi miqdorida, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda qoplanadi; Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling