Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 129.71 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija: Kirish
- 2.Qurilishda mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi “BETON VA TEMIR-BETON TEXNOLOGIYASI” fanidan KURS LOYIHASI Bajardi: 823-18 QMB va KICH guruh talabasi Berdiqulov Sh. Qabul qildi O’roqboyev O. Jizzax – 2022 Mundarija: Kirish ………………………………………………………….........………..……4 1Texnologik qism.....................................................................................................6 1.1. Mahsulot nomenklaturasi...................................................................................6 1.2. Ishlab chikarish usulini tanlash va asoslash.......................................................9 1.3.Korxonaning ish rejimi......................................................................................11 1.4. Buyum turlari bo‘yicha sex mahsuldorligini hisoblash....................................12 1.5.Xom ashyo va yarim fabrikatlarga korxonaning talabini aniklash...................12 1.6 Texnologik liniyalarni loyihalash.....................................................................16 1.7. Texnologik uskunani tanlash va xisoblash......................................................18 2.Qurilishda mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi.............................19 2.1.Ishlab chikarish sanitariyasi va mexnat gigienasi………………….….……20 2.2 Qurilishda mexnat xavfsizligi……………………..………….……….…....20 2.3.Yong‘in xavfsizligi…………………………………………………….……21 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..............................................................22 K I R I Sh O‘zbekiston Respublikasida yangidan-yangi ko‘plab turar-joy, jamoat, sanoat, qishloq qurilish binolari va inshootlari barpo etilib, keng miqyosdagi kapital-ta'mirlash ishlari bajarilmoqda. Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev rahnamoligida boshlangan va bugungi kunda ham izchillik bilan davom etayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib, qurilish materiallariga bo‘lgan talab hamda ularni ishlab chiqarish hajmi tobora oshmoqda. Bugun shaharu qishloqlarimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari samaralari keng va ravon yo‘llar, zamonaviy ko‘priklar, yuksak me'moriy yechimga ega mahobatli inshoot va imoratlar, shinam uy-joylar, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan koshonalarda o‘z ifodasini topayotir. Bu xalqimiz turmush tarzi, hayoti va yashash sharoiti tubdan o‘zgarayotganidan dalolatdir. An'anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor va sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, korxonalarda yig‘ilib kelinayotgan chiqindilardan yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta'mirlash, rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish, hamda bu jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o‘rin egallaydi. Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining 2005 yil 24 mart №PF-3586-sonli “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va qurilish materiallari sanoati rivojlanishini jadallashtirish” haqidagi farmonida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va qurilish materiallari sanoati rivojlanishini jadallashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida qurilish materiallari ishlab chiqarishning yangi zamonaviy texnologiyalarini o‘zlashtirish va joriy etish ko‘rsatilgan. Mazkur farmonda qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning turlarini ko‘paytirish, yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va tadbiq etish, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi quvvatlarni respublikamiz hududlarida oqilona joylashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2005-2010 yillar davomida jami 120 ta loyihalar amalga oshirildi. Respublikamiz qurilish materiallari sanoati uchun yetarli mineral-xom ashyo resurslariga boy bo‘lib, hozirda 500 dan ortiq xom ashyo konlari aniqlangan.Markaziy Osiyo mintaqasida qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xom ashyo zahiralari bo‘yicha mamlakatimiz yetakchi o‘rinni egallaydi. Iste'mol bozorini zamonaviy qurilish materiallari bilan boyitish, unga bo‘lgan talab va ehtiyojni qondirish maqsadida, davlatimiz tomonidan tarmoqni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Download 129.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling