Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 2.88 Mb.
|
Иссиклик техникаси амалий
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Maxmudova N.A., YUnusov J.YA. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005. 2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990. 3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012. Qotish tezligi bo’yicha tsementlarning turqumlanishi 1.1-jadval Bunda betonning dastlabki davrida mustahkamlikni tez oshiruvchi tsementlar mustahkamlikning keyingi muddatlardagi qotish jarayonini keskin pasaytirib yuboradi. Aksincha, boshida sekin qotuvchi 3-, 4-toifa tsementlarida mustahkamlikning anchagina o’sishi namoyon bo’ladi. Normal sharoitda bu tsementlarda mustahkamlik yarim yillik yoshida 28 sutkalik yoshidagi mustahkamgiga nisbatan 1,5-1,8 marta oshadi, shuningdek keyingi davrlar davomida ham ancha sekin sur’atda bo’lsa-da mustahkamlikning ortishi kuzatiladi. 1.1-jadval ma’lumotlari betonning qotish kinetikasini ifodalash uchun qo’llaniluvchi formula 3-toifa betonlarini qo’llashda ancha ishonchli natijalarni beradi. Boshqa hollarda betonlarni turli tsementlarda qotish xususiyatlarini hisobga oluvchi koeffitsientlarni kiritish kerak. 1.1-jadvalda keltirilgan k28-90 va k28-180 koeffitsientlar katta bo’lmagan namunalarni saqlashning nomal sharoitiga mos keladi (T=15-20°S, W=90-100%). Harorat va namlikning kamayishida qotishuv keskin pasayadi. Konstruktsiyalarni tayyorlashda betonning butun qotish muddati davomida namlikni hamma vaqt ham tutib tura olinmaydi, chunki ishlov berish, montaj va boshqa ishlar nafaqat beton namligining pasayishini, balki uning ust qismining qurishini talab etadi. Bunday sharoitda formula(1.1)ni yoki 1.1-jadvalda keltirilgan koeffitsient qiymatlarini qo’llash mumkin emas. Taxminiy ta’kidlash mumkinki, 1- va 2-toifali tsementlarning ochiq havoda qotishi uchun k28-90 = 1,05; k28-180 = 1,1; 3 toifa tsementlari uchun k28-90 = 1,05; k28-180 = 1,25; 4 toifa tsementlari uchun k28-90 =1,1; k28-180 = 1,3. ga teng. Betonning uzoq qotishidan tsementni iqtisod qilish uchun foydalansa bo’ladi. Ayrim hollarda konstruktsiya hisobdagi og’irlikni 28 sutkaga nisbatan ham kechroq muddatlarni talab etadi. Qulay sharoitda betonning qotishi konstruktsiyaga ekspluatatsion og’irlikni uzatishda ham davom etadi. Bunday hollarda betonning loyihaviy mustahkamligi uchun belgilangan uzoqroq muddatlarda (90 yoki 180 sutka) R28 ni kamaytirish va tsementni iqtisod qilish mumkin, chunki betonning kamroq mustahkamligi uchun ancha kamroq tsement sarf qilinishi talab etiladi. Nazorat savollar: 1.Qotish xaqida so’zlab bering. 2.TSementning qanday davrlari bo’ladi. 3.Kristallanish davri. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling