Qurilish materiallarii va konstruksiyalari


Download 489.97 Kb.
bet11/12
Sana27.06.2023
Hajmi489.97 Kb.
#1656873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Малакавий Амалиёти хисоботи технологик лотинча 2

Xulosa
........2023y.dan .........2023y. gacha Jizzax “Irigatsiya invest” ma'suldiyati cheklangan jamiyat temirbeton zavodida malakaviy amaliyotda bo‘ldim. Malakaviy bitiruv oldi amaliyoti Texnika xavfsizligi va mehnatni muxofaza qilish qoidalari bilan tanishishdan boshladik. Amaliyotga institutdan rahbar etib, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Parsayeva Nodira Juratovna, “Irigatsiya invest” ma'suldiyati cheklangan jamiyat tomonidan Zokirov Sobir Maratovichlar tayinlangan.
Malakaviy bitiruv oldi amaliyoti boshlashdan oldin korxonaning ishlab chiqarish ishlarini tashkil qilish (texnika xavfsizligi qoidalari, temir beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalarining bosh rejasi va yordamchi binolarning sxemalari) bilan tanishdim. Shuningdek, Temir beton buyumlari korxonalarining strukturasi va bo‘limlari faoliyati va temir beton ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqarilayotgan konstruksiyalari turlari, texnologiyasi bilan tanishdim va bitiruv malaka ishim uchun materiallar tupladim.
Beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarishda texnologik usul va jarayonlar buyumlarga mos ravishda to‘g‘ri tanlangan va energiya samaradorlik usullari qullanilgan, masalan, buyumlarga ishlov berishda va beton qorishma joylashtirishda va zichlashda.
Temir beton buyumlari ishlab chiqarish sexi, korxonaning beton qorish sexi, sement ombori, to‘ldiruvchilar omborining ish jarayoni bilan tanishdim. Barcha texnologik jarayonlarni o‘rganish borasida borasida nazariy olgan bilimlarimni mustahkamladim va amaliyotda texnologik jarayonlarni afzalligi va kamchiliklari bo‘yicha o‘zimga xulosalar qildim.
Korxonaning armatura sexi bilan tanishganimda armatura sexidagi ishlab chiqarish asbob uskunalar bilan yanada yangi ma'lumotlarga ega bo‘ldim. Kerakli ulchamlarda armaturani qirqish va uni to‘g‘rilash texnologiyasi men uchun qiziqarli ma'lumot bo‘ldi.
Korxonadagi to‘ldiruvchilar omborining tanlangan bu turining kamchiligi shundan iboratki, to‘ldiruvchini shtabelli saqlashda omborxonada gusenitsali buldozer (ortiqcha transport) bilan materiallarni surish, yirik to‘ldiruvchirni maydalab yuborishi, va uni ifloslantirishidir.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylarga yetqazish yoki anqiq qilib aytganda, iste'molchilarga yetqazish, korxonaning pravard maqsadi hisoblanadi. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar tug‘ri va normativ me'yorlarga rioya qilgan holda saqlanishi talab etiladi.
Shuning uchun ham amaliyotni o‘tash davrida men yanada ko‘proq e'tiborimni korxonaning tayyor mahsulotlar omboridagi ish jarayonlari bilan tanishishga qaratdim. Shuningdek korxonaning tayyor mahsulotlar omboridagi tayyor mahsulotni joylashtirishdagi normativ me'yorlari bilan tanishdim. Bu yerda tayyor mahsulotlar turlari buyicha saqlash tartibining qo‘yidagi muhim tomonlarini bilib oldim:
-ba'zi mahsulotlarni, masalan yacheykali betonlarni saqlash omborxonalari usti yengil mahsulotlar bilan yopilishi.
-omborxonada saqlanadigan mahsulotlar turiga qarab yirik o‘lchovli panellarni tikka yoki qiyalatib qo‘yilishi;
- panellarni tikka yoki qiyalatib qo‘yilgan xolatlarda saqlash uchun yog‘och va metall yig‘ma kassetalar bo‘lishi.
Korxonaning faoliyat ko‘rsatishida iqtisodiy samaradorligi va foydasi muhim hisoblaniladi. Shuning uchun mahsulotlarning tannarxi, rentabellik darajalari bilan tanishdim va bazi temirbeton buyumlarining kalkulyasiyasi haqida va bitiruv malaka ishim uchun ma'lumot to‘pladim.



Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling