3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqida malumotlar;
«Irrigatsiya invest» ma'suliyati cheklangan jamiyati uchun quyidagicha ish rejimi qabul qilingan:
-bir yildagi ish kunlari soni-– 262;
-temir – yo‘l transportidan xom ashyo va materiallarni tushirish bo‘yicha-
– 365 kun;
-sutkadagi ish smenalari soni (issiqlik ishlovsiz)-– 2;
-issiqlik ishlovi uchun sutkadagi ish smenalari soni-– 3;
-xom ashyo va materiallarni qabul qilish hamda tayyor mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha sutkadagi ish smenalari soni:
a) temir-yo‘l transporti bilan-– 3;
b) avtotransport bilan– 2 yoki mahalliy sharoitlarga ko‘ra – 3.
5-kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda, yildagi ish kunlari soni-
– 262 kun.
5-kunlik ish haftasida ish rejimi quyidagicha qabul qilinadi:
a) ikki smenada: har smenada 8 soatdan, jami sutkada 16 soat, bundan tashqari tushlik uchun 1 soatdan tanaffus;
b) uch smenada: birinchi va ikkinchi smenalar 8 soatdan (bundan tashqari 0,5 soatdan tanaffus); uchinchi smena 7 soat tanaffussiz. Jami sutkada 23 ish soati.
Asosiy texnologik uskunaning yillik ish vaqti fondini 247 kun deb qabul qilinadi.
Asosiy texnologik uskunadan foydalanishning yillik koeffitsienti – 247:262=0,943.
Yig‘ma temir-beton korxonalarining ishlab chiqarish quvvati ishlab turgan, ishga tushirishga tayyorlanayotgan va loyihadagi kabi turlarga ajratib farqlanadi.
3.1.- jadval
Korxonaning ish rejimi
t/r
|
Sex yoki bo‘limlar nomlanishi
|
Yilda sutkalar soni
|
Sutkada smenalar soni
|
Ishchi smena davomiyligi soni
|
Ishchi vaqti yillik fondi
|
Ekspluatatsiya vaqtidan foydalanish koiffitsenti
|
Ekspluatasiya vaqti yillik fondi
|
1
|
Qoliplash
|
262
|
2
|
8
|
4192
|
0.943
|
3953
|
2
|
Issiqlik ishlovi berish
|
365
|
3
|
8
|
8760
|
0.959
|
8400
|
Ishlab chiqarish quvvati-bu mahsulot soni, ma'lum vaqt ichida olish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish birligi. Texnologik asboblardan to‘liq foydalanish, ishlab chiqarish maydonidan, ilg‘or texnologiyaning qo‘llanilishi, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil qilish korxona quvvatini aniqlab beradi. «Irrigatsiya invest» ma'suliyati cheklangan jamiyatining ishlab chikarish unumdorligi 3.2.-jadvalda berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |