- ПЛАН:
- UMUMIY TUSHUNCHALAR;
- INSHOOTLAR HISOBLASH SXEMALARINI TANLASH VA UlARNING KLASSIFIKATSIYASI;
- QAVATLAR SXEMASINI CHIZISH;
- KOP ORALIQLI STATIK ANIQ BALKALARNI QO’ZG’ALMAS YUKLAR TA’SIRIGA HISOBLASH.
- Qurilish mexanikasi inshootlar va konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligini hisoblash usullari to‘g‘risidagi fandir.
- Yangi loyihalanayotgan inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad, ularni tashqi kuchlarga chidamli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
- Inshootlarning tashqi yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan katta ko‘chishlarining oldini olish va har xil tebranishlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda ulardan mo‘‘tadil foydalanishini ta’minlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi.
- Ustuvorlikka hisoblash deganda, inshootlarni tashqi yuklar ta’sirida deformatsiyalangandan keyingi muvozanat holatini saqlash tushuniladi.
- Inshootlarni tashqi yuklarga hisoblashda qurilish mexanikasi fani matematika, fizika, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va elastiklik nazariyasi fanlariga tayangan holda ish ko‘radi.
- Qurilish mexanikasi fani inshootga ta’sir etuvchi yuklarning xarakteriga qarab ikkiga bo‘linadi: inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi.
- Inshootlar statikasida inshootga ta’sir qiluvchi kuchlar asta-sekinlik bilan, ya’ni statik qo‘yilgan deb qaraladi. Inshootlar dinamikasida esa tashqi yuklarni dinamik kuch deb qarab (qiymati va yo‘nalishi o‘zgarib turuvchi kuch), vaqtga bog‘lab o‘rganiladi.
- Inshootlar va ularning konstruksiyalarini hisoblashda har qanday muhandis ikkita omilni: inshootga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o‘ynaydi.
- Qurilish mexanikasining asosiy vazifasi – inshootlarda tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar va deformatsiyalarni aniqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |