Qurilish moddiy texnika ta'minotini tashkil etish tizimida logistika reja
Download 29.24 Kb.
|
QURILISH MODDIY TEXNIKA TA\'MINOTINI TASHKIL ETISH TIZIMIDA LOGISTIKA
QURILISH MODDIY TEXNIKA TA'MINOTINI TASHKIL ETISH TIZIMIDA LOGISTIKAREJA:KirishBoshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatidaQurilishda narx shakllanishi va smeta ishi Moddiy – texnika resurslari ta’minoti shakllari va metodlari hamda ularning samaradorligi Qurilish moddiy – texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KirishQurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va tashkiliyotining ilg‘or shakllari qurilish montaj ishlarini moddiy – texnik resurslar bilan komplektli holatda va o‘z vaqtida ta’minlash shartlari qat’iy bajarilishini talab etadi. Ushbu vazifaning bajarilishi ishlab chiqarish – texnologik komplektlashtirish boshqarmasi (ITKB) zimmasiga yuklatiladi.ITKB bosh vazifasi materiallar va detallarni tayyorlash (taxt qilish), yarimfabrikatlar va konstruksiyalarni tayyorlash hamda ularni komplektli holatda bajarilayotgan qurilish – montaj ishlari grafigi bo‘yicha qurilish maydoniga o‘z vaqtida etkazib berishdan iboratdir. ITKB tashkilotlarining shakllari turlicha bo‘lib, ular ob’ektlar qurilishi spetsifikasi, ularning hududiy joylashuvi, ish turlari va hajmlari hamda boshqa konkret shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.ITKB trest topshirig‘iga binoan qurilish-montaj ishlarining rejalashtirilgan hajmlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar buyurtmachisi sifatida va transport ta’minoti tashkilotlari bilan shartnoma asosida munosabatda bo‘lish uchun maydonga chiqadi.ITKB funksiyasiga trest manziliga tushadigan moddiy resurslarni qabul qilib olish, ularni joylashtirish va saqlash, tipli bo‘lmagan detallar va konstruksiyalarni tayyorlash, kelib tushgan materiallarni yuqori darajadagi texnologik tayyor holatda saqlash va komplektlarni qurilish maydoniga o‘z vaqtida etkazib berish kiradi. Ishlab chiqarish – texnologik komplektlashtirish boshqarmasi o‘z faoliyatini xo‘jalik shartnomalari asosida olib boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling