Qurilish pudrat shartnomasi


Download 33.84 Kb.
bet1/8
Sana22.10.2023
Hajmi33.84 Kb.
#1716399
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
pudrat shartnomasi,fh




Qurilish pudrat shartnomasi

Urganch shahri 2132-son 2023-yil “17” sentabr


Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan Xorazm viloyat yuridik texnikumi nomidan 123-sonli ishonchnoma asosida ish koʻruvchi muassasa bosh yuriskonsulti Nurullayeva Laylo Nurmat qizi bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan QISHLOQ QURILISH INVEST XORAZM FILIALI nomidan ishonchnoma asosida ish koʻruvchi Rafiqov Mansur Ollayorovich ikkinchi tomondan shartnoma obyekti hisoblangan nomi talabalar yotoqxonasi binosini qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar:


1.Shartnoma predmeti

1.1 Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga ko’ra buyurtmachi taqdim etgan loyihada koʻzda tutilgan talabalar yotoqxonasini foydalanishga tayyor holda qurish boʻyicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.


2. Shartnoma baxosi
2.1 Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining 2023-yil 17-avgustdagi qarori hamda 3254-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarni oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda 120 milliard so’mni tashkil etadi.
2.2. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:

  • qurilish qiymatini koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab boʻlganda;

  • ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;

  • obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.

2.3. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda, sanab oʻtilgan oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.

Download 33.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling