Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari


Qorishma aralashmalarining xossalari


Download 62.38 Kb.
bet4/6
Sana22.03.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1286652
1   2   3   4   5   6
3. Qurilish qorishmalarining xossalari

3.1 Qorishma aralashmalarining xossalari


Qulay joylanuvchanlik. Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada bir jinsli yupqa qatlam bo‘lib quyilish xususiyati tushiniladi. Qorishma aralashmasining qulay joylanuvchanligi harakatchanlik darajasiga va suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishma aralashmasining harakatchanligi massasi 300 g li o‘tkir burchagi 300 bo‘lgan metall konusning qorishmaga botish chuqurligi bilan aniqlanadi (1-rasm).

17.1-rasm. Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun standart konus asbobi
1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan sterjen; 6-konus; 7-siferblat; 8-qorishma aralashmali idish.
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi. Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi. Qorishmaga konusning cho‘kishi (SM) uning harakatchanligini ifodalaydi. Qorishmaning harakatchanligi sement va boshqa mineral bog‘lovchilarning turiga,mayda to‘ldirgich va mineral qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma tarkibida suv miqdorini ko‘paytirish hisobiga harakatchanligini istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining oshirilishi qorishma mustahkamligiga va sovuqqa chidamliligiga, qolaversa, qorishma aralashmalarining qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv miqdorini oshirmasdan harakatchan qorishmalar tayyorlash uchun tarkibiga plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi ishlatilish sohasi, qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga aytiladi.
Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral kukunlar yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) qo‘shilib oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht, beton va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.

3.2 Qurilish qorishmasining asosiy xossalari


Qorishmaning asosiy xossalariga mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi kiradi. Zarurat bo‘lganda qorishmaning asosga yopishishi va deformativ xususiyatlari (kirishishi, elastiklik moduli va sh.k) aniqlanadi.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling