Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Tekshiruv o‘tkazishni vakolatli organ bilan kelishish qanday tartibda amalga oshiriladi?


Download 491.5 Kb.
bet15/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

Tekshiruv o‘tkazishni vakolatli organ bilan kelishish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil
7 sentabrda 3067-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 6 sentabrdagi B-55-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.


96. Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruvni kelishish to‘g‘risidagi buyurtmada qanday ma’lumotlar ko‘rsatiladi?
Javob: tekshiruv o‘tkazuvchi organ nomi;
tekshiruv o‘tkaziladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili;
tekshiruv o‘tkazish uchun asos;
talablari buzilishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risida ma’lumot;
tekshiruv o‘tkazish muddati;
tekshiruv predmeti;
tekshiriladigan faoliyat davri.


97. Tekshirish buyurtmasiga qanday ma’lumotlar taqdim etiladi?
Javob: Buyurtmaga jismoniy yoki yuridik shaxsning qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaati nusxasi, «xavfni tahlil etish» tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilish holati bo‘yicha batafsil ma’lumot hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.


98. Nazorat qiluvchi organ vakolatli organ bilan tekshiruvni o‘tkazishni kelishgandan so‘ng tekshirish o‘tkazish uchun qachon buyruq qabul qiladi?
Javob: Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni o‘tkazish kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.


99. Tekshirish o‘tkazish uchun qabul qilingan buyruqda nimalar ko‘rsatiladi?
Javob: Buyruqda tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.




  1. Download 491.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling