109-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomda ko‘rsatilgan vakolatli organ tushunchasiga ta’rif bering.
Javob: Vakolatli organ — qonunchilik bilan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolat berilgan tashkilot hisoblanadi.
110-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomda ko‘rsatilgan nazorat qiluvchi organlar tushunchasiga ta’rif bering.
Javob: Nazorat qiluvchi organlar — tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik bilan vakolat berilgan vazirlik, idora, ularning tizimidagi bo‘linmalar va boshqa tashkilotlar hisoblanadi.
111-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomda ko‘rsatilgan tekshiruv tushunchasiga ta’rif bering.
Javob: Tekshiruv — tadbirkorlik sub’ekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir ma’lumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri hisoblanadi.
112-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomda ko‘rsatilgan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi tushunchasiga ta’rif bering.
Javob: «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi - tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tashabbusini (kelishish yoki xabardor etish orqali), o‘tkaziladigan tekshiruvlarni va ular natijalarini ro‘yxatga olishni ta’minlovchi elektron axborot tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |