Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirishni o‘tkazish tartibini tushuntirib bering


Download 491.5 Kb.
bet19/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

113-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirishni o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruvni o‘tkazish vakolatli organ bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda Axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
114-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari to‘g‘risida tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruv o‘tkazishda tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi huquqlarga ega:
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tekshiruv masalalariga aloqasi bo‘lmagan talablarini bajarmaslik;
tekshiruv o‘tkazishda shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish;
talab qilib olinayotgan hujjatlarni, agar ushbu hujjatlar yoki ularning nusxalari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nazorat qiluvchi organga oldingi o‘tkazilgan tekshiruvlarda taqdim etilgan bo‘lsa, taqdim etmaslik;
ekspertni rad etish va ekspertni o‘zi ko‘rsatgan shaxslar orasidan tayinlash to‘g‘risida iltimos qilish;
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomasini olish;
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, shuningdek, belgilangan tartibda tekshiruv natijalari ustidan shikoyat qilish;
tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq (qaror, farmoyish) belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi tadbirkorlik sub’ektiga berilmagan, tekshiruv belgilangan tartibda vakolatli organ bilan kelishilmagan yoki u xabardor etilmagan, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmagan, Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortilgan hollarda, nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududi va binolariga qo‘ymaslik, tadbirkorlik sub’ekti tegishli hujjatlarni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik sub’ektlari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
115-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tadbirkorlik sub’ektlarining majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruvlarni o‘tkazishda tadbirkorlik sub’ektlarining majburiyatlari:
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik, ularning tekshiruv bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish;
tekshiruvni o‘tkazayotgan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot tashuvchi vositalarda saqlanadigan hujjatlar va axborotni o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash.
Tadbirkorlik sub’ektlari zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
116-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari to‘g‘risida tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari:
tadbirkorlik sub’ektining tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot tashuvchi vositalarda saqlanadigan hujjatlari va ma’lumotlarini talab qilib olish va o‘rganish;
tadbirkorlik sub’ektining hududlari va binolarini ko‘zdan kechirish;
tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tekshiruvlar davomida tadbirkorlik sub’ektini yozma bildirish asosida nazorat qiluvchi organga u tomonidan tekshiruv bilan bog‘liq tushuntirishlar berishga chaqirish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’ektlari mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash.
Nazorat qiluvchi organlar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
117-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga xalal bermaslik;
tadbirkorlik sub’ektini tekshiruv maqsadi, tadbirkorlik sub’ektining huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlar haqidagi yozuvlarni kiritish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
tekshiruvlar natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshiruv tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektida qoldirish;
tekshiruv natijalarini Axborot tizimiga kiritish;
profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;
huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
118-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan nazorat qiluvchi organlar qanday asoslarga ko‘ra vakolatli organga tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishga haqli hisoblanadi.
Javob: Nazorat qiluvchi organlar quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda vakolatli organga tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishga haqli:
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi yuzasidan murojaatlari, anonim murojaatlar bundan mustasno;
«xavfni tahlil etish» tizimining natijalari;
boshqa davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar;
ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalaridan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idan qonunchilik buzilishi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar.
Ushbu banddagi asoslar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatida tekshiruv o‘tkazishni tashabbus qilishda, dastlab nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik sub’ektining amalda faoliyat ko‘rsatayotganligi o‘rganib chiqilishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazish tashabbusi, ular tomonidan qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi, soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
119-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruvni kelishish uchun Axborot tizimiga qanday ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda buyurtma kiritiladi.
Javob: Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruvni kelishish uchun Axborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda buyurtma kiritiladi:
tekshiruv o‘tkazadigan nazorat qiluvchi organ nomi;
tekshiruv o‘tkaziladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, IFUT kodi va manzili;
tekshiruv o‘tkazish uchun asos;
talablari buzilishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot;
tekshiruv o‘tkazish muddati;
tekshiruv predmeti;
tekshiriladigan faoliyat davri.
Tekshiruv predmeti talablari tekshiriladigan faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarga to‘la mos bo‘lishi shart.
120-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan nazorat qiluvchi organ tomonidan chiqarilgan buyruqda nimalar kiritiladi.
Javob: Buyruqda (qarorda, farmoyishda) tekshiruv o‘tkazish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslarning biri, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati, tekshiriladigan faoliyat davri va tekshiruv Axborot tizimida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi tekshiruv kodi ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.

Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling