Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Download 491.5 Kb.
bet21/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

Javob: Qarorda:
a) Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
b) Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
v) Nazorat qiluvchi organlarning «xavfni tahlil etish» tizimlariga qo‘yiladigan minimal talablar tasdiqlangan.
127-savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2022 yildagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-sonli Qaroriga asosan tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining yuritilishidan maqsad nima hisoblanadi:
Javob: Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining yuritilishidan maqsad:
nazorat qiluvchi organ faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralikni ta’minlash;
tadbirkorlik sub’ektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik sub’ektining faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek quyish;
davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini ta’minlash hisoblanadi.
128-savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2022 yildagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-sonli Qaroriga asosan tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga qanday ma’lumotlarni kiritishi lozim.
Javob: Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tekshirish boshlanishiga kadar Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga quyidagi ma’lumotlarni kiritishi lozim:
Davlat nazorati tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tekshirish raqami;
tekshiruv o‘tkazayotgan nazorat qiluvchi organ nomi;
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, agar tekshiruvchi mansabdor shaxslar bir nechta bo‘lganda, ular to‘g‘risida ham ma’lumotlar;
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining maxsus guvohnomasi raqami, agar kiritilgan maxsus guvohnoma raqami Davlat nazorati tizimidagi ma’lumotlar bilan to‘g‘ri kelmagan taqdirda, tadbirkorlik sub’ektida ushbu mansabdor shaxs tomonidan tekshiruv o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
tekshiruv o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ektining manzili;
tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan buyruq raqami va sanasi;
tekshiruv turi, bunda Davlat nazorati tizimida mavjud bo‘lgan tekshirish turi va uning maxsus kodi;
tekshiruv muddati;
tekshiruvga auditor va ekspertlar jalb qilingan taqdirda, jalb qilingan auditor va ekspertlarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi, faoliyat yo‘nalishi, uni jalb qilishga asos bo‘lgan shartnoma raqami va sanasi.
Tekshiruv bir nechta nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkazilganda, boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan ham ushbu bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga kiritilgan ma’lumotlar tegishli ravishda tasdiqlangandan so‘ng ularni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas, tekshiruvga jalb qilingan auditor va ekspertlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
129-savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2022 yildagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-sonli Qaroriga xavf darajasining tahlili qanday ma’lumotlarni o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin
Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling