9. Shaharsozlik faoliyati sub’ektlariga kimlar kiradi?
Javob:Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sub’ektlaridir.
Shaharsozlik faoliyati sub’ektlari:
shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;
ob’ektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar;
10. Aholi punktlari qanday turlarga bo‘linadi?
Javob: Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi..
11. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi kim va uning huquqi, vazifalari nimadan iborat?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
12. Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari ishi qaysi qonun va qonunosti xujjatlari asosida olib boriladi?
Javob: Hududiy qurilishi inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinning qaroriga, mazkur Namunaviy Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari va qarorlari asosida faoliyat olib boradi.
13. Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi qaysi xujjatda belgilab qo‘yilgan?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi 343-sonli qarorida belgilangan.
14. Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Javob: holi punktlari kompleks qurilishlarini, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishini, qurilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ob’ektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qo‘llanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalarning qat’iy amal qilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |